Maqolalar

Qirg'iziston bozori Smartup kabi IT-yechimlari uchun ochiq

Smartup o'z faoliyat chegaralarini kengaytirmoqda. Dunyo bo'ylab 600 dan ortiq kompaniyalar Smartup bilan birgalikda o'z biznesini rivojlantirmoqda. Ilgari biz Qirg‘iziston Respublikasida hamkorimiz ish boshlagani haqida yozgan edik. Tentech qo‘shni davlatdagi rasmiy hamkorimiz hisoblanadi. Kompaniya asoschisi va bosh direktori Dastan Omuraliyev Qirg‘iziston bozorining o‘ziga xos xususiyatlari, JSTga a’zo bo‘lishning afzalliklari va biznes jarayonlarini avtomatlashtirish bulutli platformalariga talab kattaligi haqida gapirdi.
Qizqa so’rovnoma:

Dastan Omuraliyev – KIMEP universiteti bitiruvchisi (Qozog'iston)
  • Forbes Under 30 -30 - Osiyo ro'yxatiga kiritilgan (2019)
  • Qirgʻizistondagi birinchi Ecoproduct Asia tabiiy sharbatlar ishlab chiqaruvchi zavod asoschisi (2013-2023)
  • Tentech asoschisi va bosh direktori (2024)

Talabadan tadbirkorgacha bo'lgan yo'l

Ish faoliyatimni 14 yoshda boshlaganman - pitseriyada. 18 yoshida Bishkekdagi ayirboshlash shoxobchalari va banklardagi joriy valyuta kurslarini aks ettiruvchi birinchi veb-saytini yaratdim - kursvalut.kg. Bu uzoq 2008 yildan bo’lgan, albatta, saytimni sotib olish taklifi tushgan bo'lsa-da, ushbu loyihani super monetizatsiya qilish imkoni bo’lmadi.

Universitetni tugatgach, o'z faoliyatimni PwC (Big 4) da boshladim, keyin Qozog'istondagi Unicredit Group bankida davom ettirdim. Menga o’z biznesimni boshlash g'oyasini aynan bank bergan edi. Bankda men McKinsey maslahatchilari bilan bank yaratayotgan risklari va zaxiralarini sezilarli darajada kamaytirish ustida ishlagan guruhga rahbarlik qildim. Bu 2008 yilgi global moliyaviy inqirozdan keyin 2009 yil. Bu bizning bankimizda katta muammo edi - muammoli kreditlar ulushi 27 %ga yetdi va bu bilan nimadir qilish kerak edi!

Biz ushbu loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirdik – vafxni sezilarli darajada kamaytirdik, keyinchalik bu bank 50 million dollardan ortiq daromad olishiga olib keldi! Ammo bonuslar va kompensatsiyalar bo'yicha umidlarim oqlanmadi. Nafaqat men, balki butun jamoaning umidlari bor edi. Keyin tushundimki, shunchalik ko'p kuch, vaqt sarflash, o'zingizni hamma narsadan mahrum qilish va o'zingizni butunlay boshqa tashkilotga bag'ishlash, har doim ham oqlanmaydi va sizning mehnatingiz har doim ham qadrlanmaydi! Keyin miyamda bir uchqun porladi, bu meni o'zimning kuchimni, shijoatimni va vaqtimni sarflashga qarshi bo'lmagan o'z biznesimni yuritish yaxshiroq bo'lishi mumkin degan fikrni uyg'otdi.

Ecoproduct Asia haqida

Men kompaniyaga 2013-yil mart oyida asos solganman va oradan roppa-rosa 10 yil oʻtib, 23-martda men boshqaruvdan chiqib, bosh direktor lavozimini tark etdim.

Shu 10 yil ichida biz noldan sanoat korxonasini yaratishga muvaffaq bo‘ldik va nafaqat Qirg‘izistonda, balki butun Markaziy Osiyoda to‘g‘ridan-to‘g‘ri siqilgan sharbat bozorida yetakchi bo‘ldik, 7 davlatga eksportni yo‘lga qo‘ydik va mahsulotlarimizni doimiy ravishda 3 ta davlatga yetkazib berdik. Xodimlar soni 140 kishiga ko'paydi, eng zamonaviy shisha quyish liniyasi o'rnatildi. Umuman olganda, muvaffaqiyatlar ko'p bo'ldi, ammo qiyinchiliklar ham ko'p edi. Va ko'pincha biz faqat muvaffaqiyatli tomonni ko'ramiz.

Men ikkita global gigant kompaniya - ko'plab sharbat brendlariga ega bo'lgan Coca-Cola va Pepsi-Cola bilan raqobatlashishga majbur bo'ldim. Men uchun eng muhimi, iste'molchilar tomonidan tan olingan va afzal ko'rilgan mahalliy va kuchli brend yaratishdir. Va men muvaffaqiyatga erishdim!

Forbes bilan voqea

Darhol aniqlik kiritmoqchimanki, Forbes 30 under 30 - har bir mintaqadan 30 yoshgacha bo'lgan 30 kishi tanlanadi.

Men bu ro'yxatga 30 yoshga to'lishim arafasida, 29 yoshimda kirganman. Nomzodlar ro‘yxatida mening ismim borligini bilganimda, g‘alaba qozonishga umidim ham yo‘q edi, chunki Osiyo-Tinch okeani mintaqasi eng kuchli raqobatbardosh bozor, bundan tashqari bu yerda dunyo aholisining yarmidan ortig’i yashaydi! Bular Xitoy, Yaponiya, Koreya, Hindiston, Singapur va shu kabi yuqori raqobatbardosh bozorlardir.

Bu ro‘yxatga qo‘shilish men uchun katta sharaf bo‘ldi, albatta. Mening mehnatim qadrlanganidan va Forbes ro'yxatiga Qirg'izistondan birinchi bo'lib nomim kiritilganidan xursandman. Yurtimizda aqlli, iqtidorli yigit - qizlar ko‘p. Umid qilamanki, yaqin orada boshqa hamyurtlarim ham ro‘yxatga kiritilib, safi yanada kengayadi.

IT sohasida keskin sakrash

IT sohasiga qiziqishim maktab yillarida boshlangan. 9-sinfda temirga qiziqa boshladim. O’shanda menga kompyuterni, ishlamayotgan tizim blokini sovg’a qilishdi, chunki uning feni va qattiq diski singan edi. Va men buni o'zim tuzatishim kerak edi, chunki boshqa birovga tuzatishga berish menga qimmatga tushardi.O'shanda mening IT olamiga birinchi sho'ng'ishim yuz berdgan! 9-sinfda men HTML kodni o'rganishni boshladim - shu bilan birga men oilamiz uchun birinchi veb-saytni yaratdim. Keyingi sevimli mashg'ulotlari Flash va Dreamweaver.

11-sinfda sinfdoshim Anton bilan shahar tanlovida g'olib chiqdik! Keyin biz Ikkinchi Jahon urushi tugaganining 60 yilligiga bag'ishlangan butun ilovani yaratdik va barchasini Flash asosida qildik.

2005 yilda men Qirg'iziston Respublikasida IT sohasida unchalik katta istiqbollarni ko'rmadim. Shuning uchun boshqa yo'nalish - moliyani tanladim. Va Amerika universitetining biznes boshqaruvi fakultetiga o'qishga kirdim. Biroz vaqt o'tgach o’qishimni KIMEPga ko’chirdum.

Mening IT bilan bog’liqligim yoshligimda boshlangan va hozirgacha davom etmoqda. Men uchun bu sakrash emas, qaytish. Bugun esa mamlakatda IT-mahsulotlarga talab kuzatilmoqda. Shuning uchun biz bu yo'nalishda rivojlanishimiz kerak.


Tentech haqida

Tentech – bu shu yil tashkil etilgan yosh kompaniya.

Tentech kompaniyasining maqsadi, birinchi navbatda, Qirg‘iziston Respublikasidagi biznesni yaxshilash, yanada moslashuvchan va raqobatbardosh bo‘lishga yordam berishdir.

Bu yerda avtomatlashtirishsiz gap bo'lishi mumkin emas! Shu sababli, Green White Solutions kompaniyasi bilan strategik hamkorlikda Abduqahhor Toshmuhammedov bilan Qirg‘iziston Respublikasida Smartup va Verifix mahsulotlarini ishlab chiqish zarur, degan qarorga keldik.

Hamkorlikda biz yechimni bozorimizga moslashtirdik. Hamkorlarimizning boy tajribasi va bilimlaridan foydalanib, biz Qirg‘iziston Respublikasida yechimlarni faol ravishda ilgari surmoqdamiz.

Bizning maqsadimiz – yirik, kichik va o‘rta korxonalarga biznes jarayonlarini avtomatlashtirish, ularning raqobatbardoshligini oshirish, daromadlarini ko’paytirish va xarajatlarini kamaytirishga yordam berishdir.

Shu bilan birga, biz konsalting bilan shug'ullanamiz, tajriba va bilimlarimizni kompaniyalar bilan baham ko'ramiz, shunda ular raqobatbardosh bo'ladi.

Smartupga talab

Ko'pgina bozor ishtirokchilari avtomatlashtirish zarurligini allaqachon anglab yetishgan. Ko'pchilik, ular aytganidek, kutilgan natijani bermagan boshqa yechimlar bilan xato qilishdi.

Smartup bozorga ko'plab ishtirokchilar pishib yetilgan paytda kirdi. Ba'zilar avtomatlashtirish jarayonlariga o'tish ustida ishlamoqda yoki oldingi tizimlar yoki taklif qilingan yechimlar o'zini to'liq oqlamaganligi sababli muayyan tuzatishlar kiritmoqda. Ko'pgina yetkazib beruvchilar tog'larni va'da qilishadi, lekin oxir-oqibat ularning yechimlari juda cheklangan bo'lib chiqadi!

Smartup O'zbekiston bozorida distributsiyani avtomatlashtirish bo'yicha №1 yechim hisoblanadi. Bozor ishtirokchilarining 75% dan ortig'i Smartup yechimidan foydalanadi; bu mahsulotdan qoniqish darajasi juda yuqori. Umid qilamanki, bizda ham xuddi shunday vaziyat bo'ladi va biz ko'pchilikka yordam bera olamiz.


Rivojlanish bashoratlari

Rivojlanish bashoratlariga kelsak, qisqa vaqt ichida biz yirik va o'rta kompaniyalar bilan bir qancha shartnomalar tuzishga muvaffaq bo'ldik. Biz allaqachon bitta mijozni ishga tushirdik va sentabr oyida yana ikkitasini ishga tushirishni rejalashtirganmiz.

26-sentabr kuni Bishkekda bozor ishtirokchilari uchun birinchi yopiq biznes-seminar bo‘lib o‘tadi, u yerda biz Smartupning o‘sish va biznes imkoniyatlari haqida gapirishni rejalashtirganmiz.

Biz Nikolay Doroshchuk kabi maxsus mehmonni, shuningdek, o‘zbekistonlik hamkasblarni taklif qildik. Bular juda yirik ishlab chiqarish va distibutsiya kompaniyalarining mutaxassislari va menejerlari.

Ular o‘zlarining real keyslaridan kelib chiqib, tizim bilan ishlashning afzalliklari haqida gapirib berishadi, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishadi va ishtirokchilarning dolzarb savollariga javob berishadi.

Tadbirning maqsadi distribyutorlar va ishlab chiqaruvchilar to'planib, dolzarb muammolar va mavzularni ochiq muhokama qilishlari va ularga birgalikda yechim topishlari mumkin bo'lgan platforma yaratishdir.

Biz shunchaki raqobat emas, balki ko'proq hamkorlik bo'lishini istaymiz, chunki barcha bozor ishtirokchilarining vazifasi bir xil - yakuniy iste'molchining ehtiyojlarini qondirishdir. Va menimcha, bu borada hamma bir xil maqsadlarga ega.

Fursatdan foydalanib, barchani ushbu biznes seminarga taklif qilamiz. Ishtirok etish mutlaqo bepul, siz faqat http://tentech.kg/landing havolasi orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak.

JSTga a'zo bo'lish: FMCG bozori uchun imkoniyatlar

Mintaqamizda 2 ta davlat JSTga a’zo – Qirg‘iziston va Qozog‘iston (2015 yildan). Umuman olganda, JSTga kirishning afzalligi ochiqlikdir. JSTga a'zo bo'lish chegaralarni ochadi va tabiiyki, buning ijobiy va salbiy tomonlari bor.

Ko'pgina mamlakatlar, ehtimol, JSTga a'zo bo'lishdan xavotirda, chunki raqobat sezilarli darajada kuchayib bormoqda va tovarlar Xitoy kabi bozorlardan kirib kelmoqda, bu yerda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga nisbatan ancha sifatli tovarlar juda past narxlarda.

Lekin menimcha, uzoq muddatda JSTga a’zo bo‘lish baribir bozorni raqobatbardoshligini oshirishga majbur qiladi va bu ham mahalliy ishlab chiqaruvchilarga eksport qilish imkonini beradi. Shuning uchun, umuman olganda, bunday xalqaro tashkilotlarning ishtirokchisi bo'lish kerak, lekin bunga, albatta, juda ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak.

Qirg'iziston Respublikasining riteyl bozori

Turli hisob-kitoblarga ko'ra, zamonaviy chakana savdoning ulushi hali ham 15% dan 25% gacha. Agar butun respublika bo‘yicha chakana savdo nuqtalarining umumiy soni haqida gapiradigan bo‘lsak, yana, turli hisob-kitoblarga ko‘ra, bu taxminan 14-16 ming chakana savdo nuqtalarini tashkil etadi.

Mamlakatimiz nisbatan kichik - atigi 7 ta hududi bor. Aholisi 7 milliondan sal ko'proq. Asosiy o'yinchilarning distributsiyasi barcha hududlarda yo'lga qo'yilgan, chakana savdo juda jadal rivojlanmoqda.

Yirik supermarketlar tarmog'i orasida "Narodniy", "Spar", "Globus", "Asia" ni ta'kidlash mumkin. Bozorda ko'plab xalqaro brendlar mavjud.

Ko'pchilik poytaxt Bishkekdan boshlaydi. Ayni paytda deyarli barcha yirik chakana savdo tarmoqlari deyarli barcha viloyat markazlari va yirik shaharlarda o'z shoxobchalariga ega. Asosan, rivojlanish tendentsiyasi bizning Markaziy Osiyo mintaqamizning boshqa hududlari bilan bir xil.

Raqobat shubhasiz o'sib bormoqda va yaqin kelajakda yagona g'oliblar - yuqori darajadagi avtomatlashtirish va yuqori darajadagi xarajatlarni nazorat qilish qobiliyatiga ega bo'lgan o'yinchilar va doimiy ravishda onlayn tahlillarni o'tkazadigan va o'z vaqtida, yuqori natijalarni beradigan kompaniyalar g'olib bo'ladi.


FMCG bozorining keyingi 10 yillik bashoratlari

Yaqin kelajakda biz uni ko'rishga odatlangan klassik shakldagi taqsimot rivojlanadi va o'zgaradi. Katta ehtimol bilan, yirik xalqaro ishlab chiqaruvchilar ko'p millatli kompaniyalardir, ehtimol ular o'zlari sotish bilan shug'ullanishadi.

Agar hozir ularning savdo, saqlash va logistika bilan shug'ullanadigan distribyutorlari bo'lsa va yirik ishlab chiqaruvchilarning o'zlari asosan marketing bilan shug'ullansa, mening prognozlarimga ko'ra, kelajakda savdo bilan o’zlari shug'ullanishadi. Biz bilgan klassik distribyutor logistikga aylanadi. Distribyutorlik kompaniyasi tovarlarni oxirgi savdo nuqtalarigacha saqlash va logistika bilan ta'minlaydi.

Marketing savdolari, ehtimol, yirik ishlab chiqaruvchilar tomonidan amalga oshiriladi.

Albatta, zamonaviy chakana savdo rivojlanishda davom etadi. O'ylaymanki, 10 yil ichida ulush bozorning umumiy ulushining 50% ga yetishi va hattoki bu chegarani kesib o'tishi mumkin, agar biz dona va pul hajmi haqida gapiradigan bo'lsak.

Iste'molchilar, yaxshi ma'noda, ko'proq tanlovchilarga aylanishadi. Shunga qaramay, sog'lom turmush tarzi va to'g'ri ovqatlanish tendentsiyasi mavjud va men mintaqamizdagi iste'molchilar sog'lom mahsulotlarni iste'mol qilishni va sog'lig'iga sarmoya kiritishni chin dildan umid qilaman.

Bu butun mintaqaning uzoq muddatli rivojlanish istiqbollari uchun juda muhimdir.

Zero, aholimiz sog'lom, kuchli, baquvvat bo'lishi uchun harakat qilish bizning asosiy vazifamizdir, shunda bizda hammasi yaxshi bo'ladi!