Maqolalar

FMCG bozori o’lmoqdami?

2022 yil FMCG mahsulotlarining ayrim toifalari uchun o'g’ir keldi. 2023 yilda ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlarni nima kutmoqda?

NIQ hisobotiga ko'ra, 2022 yilning to'rtinchi choragida narxlarning o’sishi va inflyatsiya iste'mol tovarlariga global talabning 2,1 foizga qisqarishiga olib keldi. Lekin shunga qaramasdan jahon FMCG bozori 6,3 foizga o’sdi. Bozorning o'sishi savdo hajmining 8,4 foizga o'sishi bilan bog'liq.

Qiziqarli fakt!

FMCG bozorining eng chaqqon toifalari “snenklar” va “uy hayvonlarini parvarish” qilish mahsulotlari edi. Keyingi o’rinlarda "Muzlatilgan oziq-ovqat", "Sut mahsulotlari" va "Qog'oz mahsulotlari".

2023 yilda samaradorlik va foydani oshirish uchun ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlar nimani bilishlari kerak?

Birinchidan, iste'molchilar xarajatlarini kamaytirganiga qaramasdan iste’mol hajmi ko’paygan.
FMCG bozorini mintaqaviy tahlil qilish shuni ko'rsatdiki, Evropa, Shimoliy va Lotin Amerikasi, Yaqin Sharq va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarida inflyatsiya kutilmalari va inflyatsiya sur'atlarining o'sishi talabga eng katta ta'sir ko'rsatdi. Xaridorlar hashamatli qimmat tovarlarga nisbatan kundalik arzon tovarlarni afzal ko’rishdi.
Ikkinchidan, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tabiiy va ekologik toza mahsulotlari iste'molchilar orasida katta talabga ega edi. Natijada, shahsiy brendlar va kichik ishlab chiqaruvchilar qiyosiy savdo o'sishini qayd etdilar.
FMCG bozorida ikkinchi o’rindagi manfaatdor guruh arzon narxlardagi kundalik tovarlarni taklif qiluvchi do’konlar edi.
2023 yilda ongli iste'mol tendentsiyasi o'z pozitsiyasini saqlab qoladi, bu shubhasiz biznes uchun o'sish nuqtasidir. Raqobat ustunliklarini mustahkamlash, shuningdek, biznesingizning o'sish nuqtasini aniqlash uchun to'liq distribyutsiya auditini o'tkazishingizni tavsiya qilamiz.

Distribyutsiya auditi bilim va tajriba talab qilganligi sababli, mutaxassislarni jalb qilish tavsiya etiladi. Smartup boy tajriba va muvaffaqiyatli keyslar portfoliosiga ega.

Biz bilan bog’laning. Smartup mutaxassislari distribyutsiyangiz auditini o'tkazishda va biznes jarayonlaringizni avtomatlashtirishda yordam beradi.