Maqolalar

Muvaffaqiyatli loyiha texnik topshiriq yozishdan boshlanadi!

Hamkorlikni texnik topshiriq tuzishdan boshlash muhimligi va TT tuzilmaganda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xavflar haqida

Texnik topshiriq quyidagilarni tartibga soladi:

• Loyihani maqsadi va natijasini tasvirlaydi.

• Ijrochi bajaradigan vazifalar va mijoz to’lashi kerak bo’lgan summa.

O’zaro munosabatlar tartibi. Yuzaga kelishi mumkin bo’lgan nizoli vaziyatlarni oldini olish. Ish va mablag’larni hajmini, ma’lumotlarni formatlarini, loyiha natijasini qabul qilish tartibi va ko’plab shartlarni belgilash

Aniq tuzilgan TT kimga kerak?

Texnik topshiriq yozish davomida mijoz ijrochining professional qobiliyatlari va tajribasi haqida ishonch hosil qiladi. TT tuzilmaganligi, ijrochiga byudjetni ko'paytirish, muddatlarni kechiktirish, hajmlarni qisqartirish va loyihani natijasining xususiyatlarini pasaytirish imkonini beradi.

Ijrochi texnik topshiriq yordamida bajarilishi kerak bo’lgan ishning maqsadi, hajmi va ish haqi miqdorini tushunib oladi.

Texnik topshiriqni kim yozadi?

Loyiha texnik jihatdan murakkab bo'lsa, TT ijrochi tomonidan tuziladi. Xar bir sohaning o’ziga xos xususiyatlari bo’lgani sababli, professional ijrochi ular haqida chuqurroq tushunchasiga ega hisoblanadi. U bajarish mumkin bo’lgan vazifalarni belgilaydi, tavsiyalar beradi va loyiha bosqichlarini shakllantiradi. Loyiha individuallashtirilgan bo’lsa, TT ni yozish mijozning zimmasiga tushadi. Aks holda, mijoz o’z pul mablag’larini yo’qotishi yoki loyiha istalgan natijani bermasligi xavfi mavjud.

Ijrochi texnik topshiriqni yozishdan bosh tortish holatlarni ko’rib chiqamiz:

Ijodiy vazifani TT orqali tasvirlab bo’lmaydi
Hatto san’at asarlari ham TT shartlariga bo’ysunadi. Yodgorliklar, logotiplar va ohanglar – hammasini so’z bilan ta’riflash imkoniyati mavjud. Faqatgina o’z sohasida professional bo’lmagan ijrochi bajarayotgan ishini yoki yaratgan mahsulotini tasvirlashda qiynaladi.

TT ni yozish ko'p vaqt va resurslarni talab qiladi. Avvaliga ishni boshlash va ehtiyoj bo’lsa o’zgartirishlar kiritish mumkin.
O’z sohasida professional bo’lgan ijrochi texnik topshiriqni yozish uchun atigi bir necha kun sarflaydi. Boy tajribali ijrochi yuzaga kelishi mumkin bo’lgan qiyinchiliklarni oldindan ko’ra olishi va bartaraf etishi kerak.

Oddiy vazifaga texnik topshiriq kerak emas.
Vazifani ijrosi boshlaganidan so’ng ko’plap qiyinchiliklar paydo bo’lishi mumkin. Texnik topshiriq yozilmaganligidan foydalangan holda, ijrochi kutilmagan qiyinchiliklar yuzaga kelganida muddatlarni uzaytirishi yoki ko’proq mablag’ talab qilishi mumkin.

“Smartup” da biz har bir mijoz bilan hamkorlik va vazifalar ijrosini faqatgina texnik topshiriq tasdiqlash hamda bajarish kerak bo’lgan vazifalarni muhokama qilishdan boshlaymiz.

O’z sohasida professional bo’lgan ijrochilarni tanlang va Smartup dasturining demo versiyasiga yoziling.