Maqolalar

Smartup Academy: O‘zbekistonning raqamli kelajagini rivojlantirish bo‘yicha ijtimoiy loyiha

Axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan dunyoda yoshlar kelajakni ishonch bilan qurishning asosiy mezonidir. Ta’lim har qanday davlatning jahon maydonida kuchli raqobatchi bo‘lishiga yordam beradigan asosiy talabdir. O‘quv markazlari, dasturlash maktablari va oliy o‘quv yurtlari esa bo‘lajak mutaxassislarni tarbiyalash va tayyorlashda muhim o‘rin tutadi.

Bugun biz sizga O‘zbekistonning iqtidorli yoshlari uchun mayoq bo‘lib xizmat qilayotgan, ularga IT sohasi olamiga qadam qo‘yish, talab qilinadigan ko‘nikmalarni egallash va muvaffaqiyatli martaba qurish uchun noyob imkoniyatni taqdim etayotgan Smartup Academy haqida so‘zlab bermoqchimiz. Loyiha ijtimoiy maqomga ega, shuning uchun o'qitish bepul va Green White Solutions kompaniyasi tomonidan qoplanadi.

Green White Solutionsning ushbu loyihasi oddiy g‘oyadan - yuqori texnologiyalarga qiziquvchi va o‘z kelajagini shu bilan bog‘lashni orzu qiladigan yoshlar uchun ta’lim platformasini yaratishdan boshlangan. 2022 yilda orzu kompaniyaning asosiy ishlanmasi - Smartup nomini olgan to'liq huquqli Akademiyaga aylandi!
2022-yil avgust oyidan boshlab 9-11-sinflarga akademiya darslarida qatnasha oladigan, ularni maktab darslari bilan birlashtirgan o‘quvchilarni qabul qilish faol boshlandi. Loyiha poytaxtimizning Shayxontohur tumani hokimligi bilan hamkorlikda amalga oshirildi – natijada 1 500 dan ortiq abituriyent ariza topshirdi. Test sinovlaridan o‘tib, 54 nafar talaba Akademiyaning birinchi qabuliga qabul qilindi.

Bir yil davomida dastur ishtirokchilari IT olamiga sho‘ng‘ib, dasturlash asoslarini, mobil ilovalarni ishlab chiqish, JAVA da Backend ishlanmalarini va boshqa tegishli yo’nalishlarni o‘rganadilar. O‘quv dasturi tajribali o‘qituvchilar va mutaxassislar tomonidan puxta ishlab chiqilgan bo‘lib, talabalarga muvaffaqiyatli ishga joylashishlari uchun zarur bo‘lgan eng foydali bilim va amaliy ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi.
– so’zlab berdi “Smartup Academy” loyihasi rahbari Nilufar Jumaeva akademiya g‘oyasi bilan o‘rtoqlashar ekan.
Talabalar nazariy mashg‘ulotlar bilan bir qatorda mahorat saboqlari va treninglarda ham ishtirok etib, olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llashlari, qimmatli tajriba orttirishlari mumkin.

O'quv jarayoni 3 bosqichdan iborat:

  • 1-3 oylik bosqich: dasturlash asoslari va algoritmlari
  • 2-6 oylik bosqich: tanlangan sohada trening (masalan, JAVA da backend ishlab chiqish)
  • 3-3 oylik bosqich: amaliy qism, unda ishtirokchilar guruhda ishlashadi, o'z loyihasini yaratadilar
O‘qishning birinchi yili Akademiyani kengaytirish zarurligini isbotladi – axir mamlakatning turli hududlaridan ko‘plab yoshlar Smartup Academyda o‘qish istagini bildirishdi.

Darslarda bevosita qatnashish sharti borligiga qaramay, O‘zbekistonning turli hududlaridan abituriyentlar soni ko’p edi. Akademiya kengayib, yoshlar orasida mashhur bo‘ldi.
Smartup Akademiyasi raqamlarda:
Потоки

Потоки студентов

Potok 2021 y 2022 y 2023 y
O’qish uchun qabul qilingan arialar soni 1 500 2 100 1 600
Potok tinglovchilarining umumiy soni 54 160 220
Viloyatlardan kelib ta’lim olayotgan tinglovchilar soni 0 110 80
Xojiakbar Saidrasulov 2023-yilda Jizzax viloyatidan o‘qishga kelgan. U uchun bu mamlakatning yetakchi mutaxassislaridan chuqur bilim olish imkoniyati va muhimi – barchasi bepul.
Darslar juda qiziqarli va foydali. O'qituvchilar o'zlarining qimmatli tajribalari va bilimlari bilan o'rtoqlashadilar. Har bir darsda men yangi narsalarni o'rganaman va amaliy ko'nikmalarni rivojlantiraman. Kelajakda men muvaffaqiyatli dasturchi yoki IT mutaxassisi bo'lishni rejalashtiryapman.

Agar Green White Solutions kompaniyasidan taklif tushsa, men uni qabul qilaman va shu yerda ishlashda davom etaman. Chunki kompaniyada bilim va tajriba orttirish uchun keng imkoniyatlar mavjud va bu yerda ishlash orqali bilimimni boyitish va balki Akademiyada dars berish imkoniyatiga ega bo‘laman. Men Smartup Academyni yaxshi ko'raman!!!
Bitiruvchilarning ilk oqimi bu kabi ijtimoiy loyihalar mamlakatimiz uchun juda zarur va muhim ekanini isbotladi. Quvonarlisi shundaki, ushbu oqimning 3 nafar bitiruvchisi bugungi kunda Green White Solutions kompaniyasining xodimlariga aylanib, kompaniya ishlanmalari ustida ishlamoqda. Akademiyada muvaffaqiyatli o'qigandan so'ng, Asadbek Akmalov Green White Solutionsdan ishga taklif oldi va u buni qabul qildi.
2022-yilda litseyni tamomlaganimdan so‘ng IT bo‘yicha o‘quv kurslarini izlay boshladim. Do'stim menga Smartup Academy-ni tavsiya qildi va bir oydan kamroq vaqt ichida men talaba bo'ldim. O'qishimni muvaffaqiyatli tugatganimdan so'ng men rahbariyatdan kutilmagan taklif oldim - shu yerda qolish va Green White Solutions jamoasining bir qismi aylanish. Men taklifni mamnuniyat bilan qabul qildim! Menga kompaniyada hukm surayotgan do'stona muhit, o'sish va rivojlanish imkoniyati yoqadi va, albatta, bu sohani amalda o'rganishni davom ettiraman. Smartup Akademiyasiga rahmat! Men o'z kasbimni topdim, o'zim yoqtirgan ish bilan shug'ullanaman va hamfikrlar davrasida xalq va mamlakatga foyda keltiraman! Men o `z ishimni yaxshi ko` raman!
Toshkent shahrida kurs xarajatlarining qiyosiy jadvali (manbaa: Spot.uz)
Курсы Smartup Academy

Курсы Smartup Academy

Kurs nomi 1 oy o’qish miqdori O’qish muddati (oy) Kursning umumiy miqdori
Veb-dasturlash kursi:
-Dasturlashning bazoviy tillari
-Zamonaviy-veb-saytlarni yaratish va instrumentlarini o’rganish
1 400 000 so’m 8 oy 11 200 000 so’m
Python kursi:
-Python asoslari
-Ma’lumotlar bazasi va kutubxona (SQL)
-Telegram-botlar
-internet-do’konlar
1 400 000 so’m 8 oy 11 200 000 so’m
Standart kurs:
-Grafik dizayner
-Python
-Vue.js
-React
-Java
-.NET (Dot NET)
-Node.js
2 000 000 so’m 6 oy 12 000 000 so’m
Professional kurslar:
-Java backend
-NET backend
-Python backend
-Fronted (React.JS)
-Mobile (Flutter development)
2 800 000 so’m 9 oy 25 200 000 so’m
Smartup Academyda kurs:
-dasturlash asoslari va algoritmlar
-JAVA tilida backend ishlanmalar (tinglovchi tanloviga qarab)
-amaliy qism: loyha ustida ishlash
0 so’m 12 oy 0 so’m

Ulug'bek Jumaev uchun Smartup Akademiyasi haqiqiy topilma bo'ldi:
Bir yildan ortiq vaqt davomida men oʻzimga kerakli bilim va koʻnikmalarni olishim mumkin boʻlgan IT kurslarini qidirdim. Men akademiya haqida tasodifan, menga noutbukini sotgan odamdan bilib oldim. Izlaganingni shu yerdan topasan, dedi. Va men undan bu maslahat uchun juda minnatdorman! Ertasi kuni Green White Solutions ofisida edim, keyinroq barcha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirdim va bugun men Akademiya talabasiman. Yoshlar ota-onaga moliyaviy og‘ir yuk bo‘lmasdan, o‘qish uchun pul to‘lamay, sifatli bilim oladigan Akademiyaning mavjudligi katta muvaffaqiyat! Bunday imkoniyat uchun Akademiya tashkilotchilariga rahmat!
Smartup Academy nafaqat o'rgatadi, balki o'z talabalarini ijtimoiylashtiradi. Do‘stona muhit yaratish va ustozlarni qo‘llab-quvvatlash yoshlarga yangi sharoitlarga moslashishga, hamfikrlarni topishga va IT hamjamiyatida mustahkam aloqalarni o‘rnatishga yordam beradi. Akademiyada o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlash bitiruvchilar uchun keng imkoniyatlar ochadi. Ular IT-kompaniyalarda yaxshi maoshli ishlarni topishlari, frilanser bo'lishlari yoki nufuzli universitetlarda o'qishlarini davom ettirishlari mumkin.

Smartup Akademiyasi shunchaki ta'lim muassasasi emas. Bu yoshlar hayotini o‘zgartiruvchi, ularga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish va jadal rivojlanayotgan IT-sohasining bir qismiga aylanish imkoniyatini beruvchi ijtimoiy loyihadir.