• +998 99 8180809
  • +998 90 3517261
  • +998 99 8180809
  • +998 90 3517261
  • Savdolar monitoringi

      Savdo tizimining yana bir qismi – savdoni kuzatish (monitoring) hisoblanadi. Savdo qanday ketyapti?

      Bergan vazifalaringizni nechta sotuvchi sidqidildan bajaryapti, yana nechtasi o‘zini shunchaki xuddi fidoiy ishchilardek ko‘rsatyapti?

      Xaridorlardan qaysi biri foydangizning asosiy qismini belgilab beruvchi 20 %iga kiradi (Pareto prinsipi – 20% yirik xaridorlarga 80% mayda va tasodifiy xaridorlar to‘g‘ri keladi)?

      Sotuvchilaringiz vaqtini qanday sarflaydi? 

      Eng muhimi – siz ko‘r-ko‘rona ishlamayapsiz. Sizda ma’lumotlar bor va bu bebaho imkoniyat. Ushbu ma’lumotlarni tahlil qilish orqali, nima qilish mumkin?

      Bularning barchasini "Smartup Trade" yechimimiz taqdim etishi mumkin, savdolaringiz haqida doimo xabardor bo‘ling.

  • Mijozlar bazasi

      Mijozlar bazasi —bu eng kamida kompaniya biznesini rivojlantirish va barqarorligini ta’minlash uchun vosita. Ehtimol, bu biznesni boshqarish uchun kam uchrovchi haqiqatdan ishlaydigan, samarali vositalaridan biridir. Smartup Tradedagi to‘laqonli mijozlar bazasi menejerga yordam bo‘ladigan ko‘p miqdordagi imkoniyatlar, savdo tarixi, xarid qilinayotgan barcha mahsulotlar statistikasi, qarzdorlik va boshqa shu kabi ma’lumotlarni bir elektron sahifada jamlaydi.

  • Chakana savdo auditi

      Agar siz xarajatlarni kamaytirmoqchi va chakana savdo standartlaringiz kuzatuvi ustidan nazorat o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz, u holda siz chakana savdo nuqtalari auditi kabi vositadan foydalanishingiz o‘rinli bo‘ladi. 

      hakana savdo auditi ko‘proq uch holatda kerak bo‘ladi.

      , hali o‘sish salohiyati amalga oshmagan rivojlanayotgan chakana savdo operatorlari uchun. Odatda ularni savdo maydoni, ishchilar ishining samaradorligini oshirish, xarajatlarni kamaytirish, omborxona zahirasi bilan ishlashni yaxshilash kabi masalalar qiziqtiradi.

      , turg‘un chakana biznes uchun. Odatda ular kichik (8-10tagacha do‘konlar) chakana savdo tarmoqlari bo‘lib, cheklangan ma’muriy apparatga ega bo‘ladi. Ular ko‘pincha omborxona zahiralarini restrukturizatsiya qilish, ishchilar motivatsiyasini yaxshilash va chakana savdo sifatini nazorat qilishga extiyoj sezadilar.

      , yirik chakana savdo tarmoqlari uchun. Ularni odatda xodimlar (sotuvchilar, merchandayzerlar, ma’murlar) ishi sifatini baholash, KPI (o‘rtacha chek, xizmat ko‘rsatish koeffitsienti, tashrif buyuruvchilarni qamrab olish koeffitsienti, maydon m.kv.dan savdo tushumi) bilan ishlash, savdo nuqtalarida brendni namoyish etish sifati, kabilar qiziqtiradi.

      DT bilan chakana savdo auditidan foydalaning

  • Axborot xavfsizligi

      Rollar bo‘yicha foydalanish

      Rollar asosida foydalanishni boshqarish — bu foydalanishning tanlanadigan boshqaruv siyosatini rivojlantirish bo‘lib, bunda ob’ektlarga bo‘lgan sub’ektlar tizimi foydalanish huquqlari, ularning qo‘llanilish sohasi xususiyatlarini hisobga olgan holda, rollarni tashkil qilib guruhlanadi.

      Rollarni shakllantirish, kompyuter tizimi foydalanuvchilari uchun aniq va tushunarli erkin foydalanishni cheklash qoidalarini aniqlashga qaratilgan. Rolli cheklash, kompyuter tizimi faoliyati jarayonida tez moslashuvchan, o‘zgaruvchan dinamik foydalanishni cheklash qoidalarini amalga oshirishga imkon beradi.

      "Smartup" dasturiy ta’minot to‘plamida rollar bo‘yicha tez moslashuvchan sozlamalar mavjud. Har bir rol dasturdan foydalanishning sozlanadigan chegaralarida mavjud bo‘lib,  u foydalanuvchi tomonidan, uning uchun begona modullarda ruxsatsiz foydalanishning oldini oladi.

      Maxfiylik

      Maxfiylik — bu har qanday ma’lumotni oshkor etishning oldini olish zaruriyati hisoblanadi. "Smartup" DT siyosati asosan maxfiylik va mijozlarimizning ma’lumotlari himoyasi uchun qurilgan.

  • Omborxona aylanmalari

      Mahsulotlar – bu moddiy-ishlab chiqarish zahiralarining bir qismi bo‘lib, ularni qayta sotish maqsadida xarid qilishadi. Korxonada moddiy-ishlab chiqarish zahiralari aylanmasi mahsulotlarni qabul qilish, ularni ko‘chirish, sotish yoki ishlab chiqarishda sodir bo‘ladi.

      Bizning Smartup ishlanmamiz hisob-kitob hujjatlarini avtomatik tarzda yaratish, mahsulotlarning yaxlit hisobini yuritish hamda bu borada ishchilar xatosini chetlab o‘tishga imkon beradi. Eskirgan qoloq ishni unuting va biznesingiz uchun yangi, kreativ yechimlarni izlash uchun vaqt ajrating.

      Omborxona hisobi uchun Smartup imkoniyatlari

      • Savdoning o‘sish sur’atlari, yetkazib berish usullari, komaymaydigan qoldiqlar, yetkazib beruvchilarning buyurtmalarni bajarish vaqtini hisobga olgan holda zahiralarni rejalashtirish
      • Har xil turdagi omborxonalarni yaratish imkoniyati: chakana, ulgurji, tranzit, shaxsiy extiyojlar uchun, mas’uliyat bilan saqlash va boshqalar.
      • Yetkazib beruvchi, partiya, seriya raqami, shtrix kodi bo‘yicha mahsulotlarni izlash
      • Alohida omborxonalar yoki omborxonalar guruhlari bo‘yicha qoldiq balansini nazorat qilish
      • Saqlash muddatlarini nazorat qilish

       
      Smartup bilan ishlashni boshlash uchun, ko‘p vaqt talab qilinmaydi, shunchaki demoturi uchun so‘rovni rasmiylashtiring va akkauntingizga kirish uchun havolani oling. Bepul tarif vazifalar to‘plami bo‘yicha cheklanmagan. Xohishingizga qarab,  siz professional tarifga o‘tishingiz va foydalanuvchilar sonini ko‘paytirishingiz mumkin.

      Vaqtni zoe ketkazmang! Hoziroq Smartup dasturida ishlashni boshlang!

  • KPI (samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlari)

      Savdo sohasida samaradorlik ko‘rsatkichlari nimadan iborat, degan savolga quyidagicha javob berish mumkin: ular biznesning o‘sish darajasini kuzatishga yordam beruvchi ko‘rsatkichlardir. Ular moddiy va nomoddiy bo‘lishi mumkin. Shuningdek, ularni odatda biznes faoliyatining uzoq muddatli bahosi uchun qo‘llashadi. Qolaversa, ularni muntazam ravishda qo‘llash kerak.

      Biznes har xil sharoitda ishlashi mumkin, lekin hamma joyda ham qo‘llash mumkin bo’lgan universal KPIlar mavjud. Ular o‘zining maqsadli qo‘llanilishiga qarab quyidagilarga bo‘linadi:

      • Savdo darajasi.
      • Mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarning oldini olish.
      • Mahsulotlar mavjudligi.
      • Xodimlarning ish haqlari.
      • Mijozlarga xizmat qilish sifati.
      • Ishchilarni o‘qitish.
      • Qo‘shimcha kamomadlar.

      Ushbu ko‘rsatkichlarni aniqlab olish rahbariyatga eng to‘g‘ri va samarali yo‘nalishni tanlash imkonini beradi. Bu universal vosita bo‘lib, uning yordamida do‘konda savdo samaradorligini aniq hisoblab chiqish mumkin.

      • Ushbu ko‘rsatkichlar quyidagilar uchun kerak:
      • Tadbirkor ular yordamida butun bo‘lim ishidan tortib, har bir xodim mehnatigacha aniq baholay oladi.
      • Kompaniyaning kuchli va zaif nuqtalarini ko‘rsatadi.
      • Sotuvchilarni motivatsiya qilishga yordam beradi.
      • Ishchilar orasida majburiyatlarning aniq taqsimlanishiga yordam beradi.
      • Tanlangan strategik rivojlanish tufayli, kompaniya samarali ishlay boshlaydi

      Smartup bilan tez moslashuvchi KPIlarni o‘rnating.

  • Rejalashtirish va vazifalar menejeri

      Hammamizga “yana bir soatgina” doimo yetmay turadi, shunday emasmi? “Doimo bandman, lekin hech narsaga ulgurmayman” degan vaziyatdan chiqish uchun, oddiygina o‘z-o‘zini boshqarish va rejalashtirish yordam berishi mumkin. “Rejalashtirish” deganda, birinchi navbatda kundalik daftar xayolimizga keladi. Lekin siz varaqlar shitirlashidan shunchaki bahra oladigan, kanselyariya buyumlariga mehr qo‘ygan insonlar toifasidan bo‘lmasangiz-chi, qolaversa, sumkangiz og‘irlashib qolishini ham istamaysiz, shunday emasmi? Bunday holda, siz qaydlaringizni doimo qo‘l ostingizda bo‘ladigan smartfonda olib borishingiz mumkin.

      Bugun biz sizning nazdingizda rejalaringizni amalga oshirishga yordam beruvchi eng munosib vazifalarni tanladik va ularni siz Smartup DTning o‘zida qaydlar sifatida kiritishingiz mumkin. O‘z vaqtingizni o‘zingiz boshqaring!

  • Merchendayzing

      Bozordagi raqobat kuchayib bormoqda. Ko‘proq va samarali savdoni amalga oshirish uchun, ko‘proq kuch sarflashga to‘g‘ri kelyapti. Savdo faoliyatini mukammal rejalashtirish uchun, merchendayzing ma’lumotlarini yig‘ish kerak. Ko‘plab kompaniyalar mijoz tashrifi davomida savdo agentlarini nafaqat hujjatlarni rasmiylashtirish, balki savdoni rejalashtirish va tahlil qilish uchun ma’lumotlarni yig‘ishga ham undaydi. Bular quyidagi parametrlardir: joriy qoldiq balansi, feysing, hisobot amallari, reklama materiallarining borligi va h. Smartup Trade dasturining asosiy vazifasi, bu talabnomalarni yig‘ishni avtomatlashtirish sanaladi, lekin biz merchendayzing haqida ham unutmadik. Dasturda ushbu ishni amalga oshirishning ikki usuli mavjud. Buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida asosiy ma’lumotlar, qoldiq balans va feysingni yig‘ish mumkin. Ular asosiy parametrlar bo‘lib, ko‘plab kompaniyalarda yetarlidir. Lekin biz to‘xtab qolganimiz yo‘q va keng spektrdagi vazifalardan iborat merchandayzingni ham qo‘shdik. Masalan, Smartupda har qanday murakkablikdagi va mazmundagi so‘rovnomalarni yaratish uchun muharrir yaratilgan. Merchandayzingni Smartup Trade bilan avtomatlashtirish.

  • Tahlil

      • Ma’lumotga ega odam – olamni qo‘lga oladi» degan edi Natan Rotshild intervyularidan birida. Kuchli raqobat sharoitida to‘g‘ri rejalashtirilgan strategiya – muvaffaqiyatli biznes yaratishning eng asosiy sirlaridan biridir. Shuning uchun biz tizimimizda tahliliy blokni yaratish ishlariga katta e’tibor qaratdik. U to‘g‘ri tahliliy platformani yaratish uchun bir nechta muhim omillarni o‘z ichiga oladi.

      Har qanday tadqiqotning asosi – bu ma’lumot yig‘ishdir. Biz qoldiq balansni yechish ahamiyatining muhimligi haqida yuqorida gaplashdik. Savdo nuqtasidagi qoldiq balans va avvalgi savdolar haqida yig‘ilgan ma’lumotlar – bu kelgusi savdoni prognozlash uchun bazadir. Shuning uchun mazkur ma’lumot hech qayerga yo‘qolmaydi va siz har qanday hisobot davri uchun tahliliy ma’lumotlarni olishingiz mumkin. Bu esa ishlab chiqarilayotgan mahsulot sonini aniq taqsimlash va kelgusida savdo hajmini rejalashtirish imkonini beradi.

      Raqobatning savdo darajasiga bo‘lgan ta’siri haqida ham unutishning keragi yo‘q. Bozorda iste’molchilar soni cheklangan va ular uchun raqobatchilar kurashishga majbur. Kompaniyaning rivojlanish strategiyasi qanchalik yaxshi tuzilgan bo‘lmasin, u raqibining birgina omadli qadami bilan chilparchin bo‘lishi mumkin. Raqobatchilar tahlili kompaniyaga qiyin ahvolga tushib qolmaslik imkonini beradi. Smartup bilan raqobatchilarni tahlil qilish maqsadida, iste’molchilar qiziqishlarini aniqlash uchun maxsus so‘rovnoma shakllarini qo‘llash mumkin, shuningdek, mahsulotingizning raqobatchi mahsulotlariga o‘xshash turini baholash orqali, chakana savdo auditining soddalashtirilgan shaklini ham o‘tkazish mumkin.

      Barcha hisobot shakllari kompaniyaning tegishli bo‘limlari va xodimlarining elektron pochtalariga avtomatik tarzda jo‘natilishi mumkin. Bu ofisda bo‘lmay turib ham, barcha yangiliklardan xabardor bo‘lib turishga imkon beradi.

      Tahliliy bazani ko‘rib chiqish uchun, asosiy sahifaga jadvallar va diagrammalar chiqarilgan.

      Bir mahsulotda bu kabi ma’lumotlarni qanday qilib xavfsiz saqlash mumkin, degan haqli savol tug‘iladi. Bu masalaga alohida e’tibor berganmiz. Hisobot uchun serverlarda saqlanadigan barcha ma’lumotlar himoyalangan va foydalanuvchi hamda server o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvida SSL protokoli yoki VPN kanaldan foydalaniladi.

  • Ko‘p filiallik

      Ko‘pchilik distribyutorlik kompaniyalari mamlakatning barcha hududlari bo‘yicha keng tarmoqdagi filiallarga ega bo‘lishadi. Bunday korxonalarning ishlarini yuritishda filiallar orasida ish taqsimoti to‘g‘ri tashkil qilingan bo‘lishi kerak.

      O‘zbekistonning barcha viloyatlarida keng tanilgan, ishchilar soni 100dan ortiq bo‘lgan kompaniyani tasavvur qiling. Har kungi kiruvchi va chiquvchi ma’lumotlar oqimi juda katta. Shuning uchun bu borada chalkashliklarni chetlab o‘tish maqsadida biz ko‘p filiallik tizimini joriy qildik.

      Har bir hudud o‘zining alohida bo‘limiga ega bo‘lib, ularning har biri o‘z omborxonalarini tashkil qilishlari, mahsulotlar qatori va o‘z savdo vakillarini ishlatishlari mumkin. Bunda hudud faqat o‘ziga tegishli ma’lumotlardan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi, shu orqali operatorning ishi ancha osonlashadi.

      Bu esa ma’lumotlarga ishlov berish jarayonlari to‘xtab qolmasligiga imkon beradi va ishni maksimal darajada optimallashtiradi.

      Bunda bosh ofis istagan vaqtida har bir filiali ishi bo‘yicha hisobotni olishi mumkin.

      1. huningdek, omborxona qoldiq balansini filiallar va o‘zaro buxgalterlik hisobotlari orasida ko‘chirib o‘tkazish imkoniyati ham yaratilgan.

      Ko‘rib turganingizday, bu kabi tizimning afzalliklari ko‘p. Bu nafaqat vaqtni va ish resurslarini tejash degani, balki kompaniyaning katta hajmdagi maxfiy ma’lumotlari bilan ishlashda yuqori xavfsizlik darajasidir.

      Shuni ham unutmaslik kerakki, hisobot hujjatlarini barcha filiallar ishi bo‘yicha ham, har birini alohida olganda ham shakllantirish mumkin.

  • Buxgalteriya

      Savdo tashkilotini boshqarishda, tovar-moddiy operatsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan va qonunchilik hamda me’yoriy hujjatlar tomonidan o‘rnatilgan buxgalterlik hisobotlarini yuritish qoidalariga rioya qilishga asoslangan samarali buxgalterlik hisob-kitob ishlari tizimisiz tasavvur qilish qiyin. Ushbu qoidalarga quyidagilar kiradi:

      Mahsulotlarning kirim va chiqim jarayonlarini yagona baholash (ulgurji savdoda xarid narxlari bo‘yicha, chakana savdoda esa savdo yoki xarid narxlari bo‘yicha);

      mahsulot zahiralarini, ularning sotuvga qo‘yilishida baholash variantini tanlash (har bir birlikning tannarh usuli; o‘rtacha tannarh usuli; FEFO usuli; LEFO usuli);

      buxgalterlik hisobotida tovar-moddiy buyumlarni (TMB) xarid qilish jarayonini aks ettirish tartibini belgilash, bunda “Moddiy buyumlarni tayyorlash va sotib olish” 15-hisobidan foydalanish va foydalanmaslik ham mumkin;

      aylanmada asosiy vositalar bilan mehnat vositalari o‘rtasida chegarani o‘rnatish;

      TMB inventarizatsiyasini o‘tkazish yo‘li va ularning mavjudligi, holati va bahosini hujjatlar yordamida tekshirish va tasdiqlash majburiyatlari orqali, buxgalterik hisobi va buxgalterlik hisobotining ma’lumotlari ishonchliligini ta’minlash. Bunda TMB inventarizatsiyasini o‘tkazish muddatlari va tartibi belgilanadi;

      TMB aylanmasi bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalarini rasmiylashtirish uchun qo‘llaniladigan birlamchi hujjatlar shakllarini ishlab chiqish. Chunki ular bo‘yicha birlamchi hujjatlarning standart shakllari, shuningdek, ichki buxgalterlik hisoboti uchun hujjat shakllari nazarga olinmagan;

      TMB butligi uchun moddiy javobgarlikni ajratib berish va moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi shartnomalarni o‘z vaqtida tuzish.

      Savdo korxonasidagi buxgalterlik hisobi – bu uning iqtisodiy siyosatini shakllantirishdagi muhim halqasi, biznes vositasi, savdo jarayonini boshqarishning bosh mexanizmlaridan biridir. U tezkor va uzoq muddatli rejalashtirishni takomillashtirishga yordam beradi, shuningdek, ma’lumotlar bazasini uning moliyaviy natijalarini prognozlash va xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish uchun shakllantirishga imkon beradi, korxona mulkiy va moliyaviy holatining to‘liq manzarasini tasavvur qilishga ko‘maklashadi.

      Shu va yana ko‘plab vazifalarni siz "Smartup" DTda topasiz, Qo‘shiling va foydalaning

  • Vaqtni nazorat qilish

      1. istribyutorlik ishi bilan shug‘ullanadigan kompaniya uchun tezkor ish nechog‘li muhim ekanligini aytmasa ham bo‘ladi. Mijozlarimiz orasida o‘tkazgan so‘rovnomalarimizga ko‘ra, Smartupdan foydalanish operator tomonidan buyurtmaga ishlov berishga ketadigan vaqtni o‘rtacha 40%ga qisqartirish imkonini beradi va savdo vakili tomonidan amalga oshiriladigan hudud qamrovini 20%ga ko‘paytiradi

      Keling, ushbu barcha afzalliklarni savdo vakilining bir ish kuni misolida batafsilroq ko‘rib chiqamiz.

      Smartup ilovasiga ega savdo agenti o‘z ish kunini bevosita o‘z “makoni”da, ofisgacha yo‘lga ketadigan vaqtni tejash orqali, boshlashi mumkin, chunki bir kunlik tayyor ish tartibi marshrut yo‘li uning gadjetida allaqachon yuklangan. Tashriflar rejasi telefon orqali savdo vakilining o‘zi tomonidan, yoki operator tomonidan dasturning ma’murlik paneli orqali tuzilishi mumkin. Ikki usul ham atigi bir necha daqiqani oladi. Bunda marshrut optimallashtirilgan bo‘lib, agentning qo‘l ostida savdo nuqtalariga ega o‘rnatilgan xarita bor, ular yordamida agent o‘zi uchun eng qulay marshrut yo‘li grafigini tuzib oladi.

      • , tashriflar rejasini aniqlab bo‘ldik, keling, endi nuqtalarga kelish masalasida to‘xtalib o‘tamiz. Biz maksimal darajada oddiy va qulay interfeysni yaratdik, endi punktlarni to‘ldirish ko‘p vaqtni olmaydi. Masalan, dasturda standart turdagi sharhlar bo‘lib, ularni operator qo‘shib qo‘yadi, agent esa ularni atigi bitta belgi yordamida belgilaydi va har safargi tashrifda takrorlanadigan sharhlarni qayta-qayta yozavermaydi. Qoldiqlar balansi moduli bir nechta kliklarda to‘ldiriladi, reklama jihozlari monitoringi, promo-mahsulot va chakana savdo auditi bo‘yicha modul ham xuddi shu tarzda aks ettiriladi. Shuningdek, katta ro‘yxatlar bilan tez ishlash maqsadida, biz jamiki mavjud parametrlar bo‘yicha filtrlash tizimini joriy qildik, bu ham vaqtni tejashda yordam beradi. Va nihoyat, buyurtmani qabul qilishda dastur nafaqat dolzarb narxlar va chegirmalarni hisobga olgan holda, barcha ma’lumotlarni avtomatik tarzda hisoblashga yordam beradi, balki oldingi savdoni inobatga olgan holda, u keyingi savdo vakili kelgunga qadar yetishi uchun, mahsulotlar sonini buyurtmaga tavsiya qilishi ham mumkin.

      Mana shunday bir nechta oddiy qadamlar orqali siz tashrif haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lasiz, xatolarni minimal darajaga tushirib, olayotgan ma’lumotlar sifatini oshirib borasiz. Endi faqat Internet tarmog‘iga ulanish va ofisdagi operatorga yangi buyurtmani jo‘natish qoldi xolos.

  • Xodimlarni nazorat qilish

      GPS kuzatuv texnologiyasi xodimlarni boshqarish uchun vositalar to‘plamida mustahkam o‘rin oldi. Har bir rahbar tegishli nazorat bo‘lmasa, ofis devorlari tashqarisidagi ishning samaradorligi atigi 50%ga bajarilishini juda yaxshi biladi. Axir bunday sharoitda ishchini rejalashtirilgan ish tartibini buzishdan hech narsa to‘smaydi, u shaxsiy masalalarini hal qiladi yoki kompaniyasini chetlab o‘tib boshqa daromad manbai bilan shug‘ullanadi. Shuning uchun joylashuv o‘rni monitoring tizimlari diqqat-e’tibordan chetda qolmaydi. 

      Smartup Trade DT bilan barcha voqealardan xabardor bo’ling.

  • Ko‘p valyutalilik

      Agar siz bir nechta valyutada shartnomalar tuzayotgan bo‘lsangiz, ko‘p valyutali hisob raqamidan foydalanishni taklif qilamiz. Smartupda siz korxonangizning mavjud hisobiga qo‘shimcha valyutalarni qulay tarzda qo‘shishingiz yoki yangi hisob raqamini ochishingiz mumkin. Agar siz turli maqsadlarda mablag‘larni bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, u holda bir nechta ko‘p valyutali hisoblarni ochishingiz mumkin.

      Sozlamalarda o‘rnatilgan korxonangiz hisob raqamida bir valyuta va boshqa valyutada kelib tushuvchi mablag‘lar bor, ular hisobning asosiy valyutasiga konvertatsiya qilinadi. Multivalyuta hisobining afzalliklaridan foydalanishni boshlashdan avval, hisobga qo‘shimcha valyutalarni qo‘shish kerak. Ko‘p valyutalilikni korxonangizda qo‘llang, Smartup esa sizga bu borada yordam beradi.

  • Vaqtinchalik hudud

      Smartup yagona tizimi xavfsizlikni ta’minlash va korxonaning ish samaradorligini oshirish masalalarini hal qiladi. Smartup tizimi tuzilishi xavfsizlik tizimlarining zamonaviy rivojlanish darajasiga mos keladi, boshqarish samaradorligini oshirish tizimini o‘z ichiga oladi, savdoni real vaqt rejimida monitoring qilishni qamrab oladi.

      Qayerda bo‘lmang, ofisdan qanchalik uzoq masofada joylashmang – siz doimo barcha dolzarb ma’lumotlar markazidasiz va har qanday harakatni “to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda” kuzatib turasiz. Smartup bilan ishonchli

  • Keng doirali hisobot

      Hisobot berish

      Konfiguratsiya savdo faoliyatining joriy holati – aylanmalar, assortimentning yetarliligini nazorat qilishning vositalarini taqdim etadi, bu esa tezkor ravishda zarur qarorlarni qabul qilishga imkon beradi. Hisobotlarning amalga oshirilgan tizimi kuchli va tez moslashuvchan vosita hisoblanib, savdo faoliyatining barcha tomonlari va korxona mahsulot aylanmasini tahlil qilish uchun moslashtirilgan.

      Foydalanuvchi omborxonalar holati, buyurtmalar, savdo, talab qilingan ma’lumotlar bilan taqdim etilgan har qanday tahliliy kesimdagi o‘zaro hisob-kitoblar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, xaridorlar bo‘yicha savdo haqida va oylar bo‘yicha bo‘lingan nomenklatura pozitsiyalari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishi ham mumkin.

      Hisobotlarni tuzuvchi

      Har bir foydalanuvchi cheklanmagan hajmdagi hisobotlarni tuzishi mumkin. Shuningdek, siz har bir shaxs uchun, foydalanuvchilarning hisobotlardan foydalanish imkoniyatini sozlashingiz mumkin. Qulay bo‘lishi uchun, hisobotni bosh sahifada va menyuda aks ettirish mumkin. Shularning hammasi va boshqa imkoniyatlar "Smartup" DTda allaqachon amalga oshirilgan. Biznesingiz uchun kerakli va mos keladigan hisobotlarni tanlang.