- ERP, CRM, HRM Smartup tizimlari bilan O'zbekiston, Qozog'iston, MDHda biznes va savdoni avtomatlashtirish: biznes jarayonlarini avtomatlashtirish
- Blog
- SmartupTrade biznesni dunyoning istalgan nuqtasidan boshqarishga yordam beradi

SmartupTrade ERP tizimi rahbarlarga kompaniyaning biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va har bir bo‘lim ishini yaxshilashga imkon beradi.
To‘g‘ri boshqaruvchilik qarorlarini qabul qilish bozordagi vaziyat haqida o‘z vaqtida va aniq olingan axborotga asoslanadi. GreenWhiteSolutions taqdim etayotgan savdoni avtomatlashtirish to‘g‘risidagi dasturiy ta’minot to‘plami ma’lumotlarni yig‘ish va to‘plash jarayonini yanada tezlashtiradi, shuningdek, xatoga yo‘l qo‘yish imkonini nolga tushiradi. Hisob-kitob qilayotgan oddiy inson albatta xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin, to‘g‘ri sozlangan tizim esa - yo‘q.
Har qanday ERP tizimi singari, SmartupTrade kompaniyaning biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va har bir bo‘lim ishini yaxshilashga mo‘ljallangan.
Rahbariyat vazifalari yechimi
SmartupTrade tizimi bozordagi vaziyat yashin tezligida o‘zgarishi mumkinligi, muvaffaqiyat esa qarorlarni qabul qilish tezligiga bog‘liq ekanligini yaxshi tushunadigan rahbarlar uchun ishlab chiqilgan. Endi savdo vakili hujjatlarni idoraga olib kelishini, buxgalter o‘tkazmalarni amalga oshirishini, tahlilchilar hisobotni yig‘ishini va nihoyat, ma’lumotlar direktorga taqdim etilishini kutib o‘tirishning hojati yo‘q.
Butun bozor real vaqt rejimida SmartupTradening savdoni avtomatlashtirish tizimiga ega birgina gadjetda jamlanadi. Foydalanuvchi qayerda joylashganligining ahamiyati yo‘q — O‘zbekistondami yoki xorijda — bulutli saqlanadigan joy bir zumda to‘g‘ri va to‘liq axborotni taqdim etadi.
Savdo bo‘limi vazifalari yechimi
SmartupTrade savdo vakillari ustidan zaruriy nazoratni o‘rnatishga imkon beradi. GPS-kuzatuv texnologiyasi qanday nuqtada tashrif ro‘y bergani, bu jarayon qancha vaqt olgani va qanday natija keltirganini ko‘rsatadi. Fotohisobot vazifasi xodimning ishini vizual tarzda baholashga imkon beradi.
SmartupTrade foydalanuvchiga har bir savdo nuqtasi bo‘yicha to‘liq manzarani taqdim etadi. U savdo qanchalik faol ketayotganini va qaysi mahsulot talabgir ekanini, qaysi manzillar sotish bobida qiyinchiliklarga uchrayotganini ko‘rib turadi. Savdoni avtomatlashtirish shuningdek, buyurtmaga ishlov berishga ketgan vaqtni qisqartirib, do‘konda mahsulotning yo‘q bo‘lib qolish ehtimoliy xavfini kamaytiradi.
Zanjirning har bir ishtirokchisi — buyurtmani shakllantiradigan savdo vakili, pul kelib tushishini kuzatuvchi operator, yuklarni ortib jo‘natish jarayonini boshqaruvchi omborxona mudiri, supervayzer va inkassator — buyurtmani bajarish holatini kuzatadi va SmartupTrade tizimida o‘z harakatlarini tezkor ravishda amalga oshiradi.
Ko‘pfiliallilik vazifasi turli filiallardan katta miqdordagi ma’lumotlarni yig‘ish, to‘plash va tahlil qilishni osonlashtirishga yordam beradi. Shuningdek, SmartupTrade yordamida faol mijoz bazasini olib borish, savdo nuqtalari auditini o‘tkazish va raqobatchilar faolligini qayd qilish mumkin bo‘ladi.
Tizimning katta yutug‘i shundaki, savdo vakili ishdan bo‘shatilgach, butun mijozlar bazasini o‘zi bilan olib ketmaydi va samarali marshrutlarni qaytadan tuzishning keragi yo‘q. Shunchaki yangi savdo agentiga SmartupTrade dasturiga kirishni ta’minlash kerak xolos.
Moliyaviy bo‘lim vazifalari yechimi
SmartupTrade va 1C integratsiyasi buxgalteriya va omborxona xodimlarini turli dasturlarda hisobotlarni olib borish zaruriyati, operatsiyalarni takrorlash va ma’lumotlar tafovutlarini tekshirishga vaqt sarflashdan xalos etadi. Xodim savdo nuqtasining debitorlik va kredit qarzlari haqidagi axborotni ko‘radi va yetkazib beruvchilar bilan o‘zaro hisob-kitobni nazoratga oladi.
SmartupTrade moliyaviy moduli O‘zbekiston qonunchiligi asosida ishlab chiqilgan va har bir buxgalterga tushunarlidir. O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligining barcha oxirgi o‘zgarishlari inobatga olingan. Hisob-fakturalar, taqqoslash dalolatnomalari, yuk-xatlari avtomatik tarzda QQSni inobatga olgan holda shakllanadi.
Agar kompaniya hom-ashyo yoki mahsulotlarni chet el valyutasida sotib olsa, ko‘pvalyutalilik vazifasi butun mahsulotlar partiyasi qiymatini bir klik orqali o‘zgartirish imkonini beradi.
Biznes uchun tayyor yechim
SmartupTrade modullari uzoq muddatli moslashuvni talab qilmaydi, shunday ekan, sozlash davri O‘zbekistonning istalgan shahrida atigi uch kundan yetti kungacha muddatni tashkil etadi.
GreenWhiteSolutions taqdim etgan biznes jarayonlarini avtomatlashtirishning ERP tizimi — bu tezlik bobida yutuq, bozorning to‘liq manzarasi va biznesni prognozlash hamda nazorat qilish uchun samarali vositalardir.
Batafsil axborotga ega bo‘lish va bepul maslahat olish uchun quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling: (+998) 71−200−88−33, (+998) 90−959−88−76
Sayt: smartup.uz
O'zbekiston, Toshkent sh, Arnasay kuch., 1А
Boshqa blog maqolalari
-
Savdo ko'paymoqda
Biznes jarayonlarini avtomatlashtirish qanday muammolarni hal qiladi
Qanday qilib biznesni avtomatlashtirish savdoni boshqarish, savdoni shaffof qilish va mahsulotlar distribyutsiyasi haqida tahlillarni yig‘ishga yordam beradi. Distribyutorlik komp...
Batafsil... -
Jarayonlarni avtomatlashtirish
Smartup: tibbiyot xodimlari va distribyutorlar uchun ish samaradorligini oshirish
Smartup dasturiy ta’minot to‘plami ish jarayonlarini avtomatlashtirish hisobiga ish samaradorligini oshirishga yordam beradi. Zamonaviy kompyuter texnologiyalari allaqachon kundal...
Batafsil...