• +998 99 8180809
  • +998 90 3517261
  • +998 99 8180809
  • +998 90 3517261
  • Mijozlar bazasi

      Mijozlar bazasi —bu eng kamida kompaniya biznesini rivojlantirish va barqarorligini ta’minlash uchun vosita. Ehtimol, bu biznesni boshqarish uchun kam uchrovchi haqiqatdan ishlaydigan, samarali vositalaridan biridir. Bu faqatgina elektron ro‘yxat emas, odatda mijozlar bazasi deganda, shunday tushuniladi, lekin bu xato fikr. To‘liq mijozlar bazasi menejerga yordam beradigan katta imkoniyatlar hajmiga ega, elektron ro‘yxat esa faqatgina mijozlar sonini va qisqa ma’lumotlarni ko‘rishga imkon beradi — bu esa mijozlar bilan o‘zaro munosabatni hujjatlashtirish uchun urinishdan boshqasi emas.

      "Smartup" DTda to‘g‘ri mijozlar bazasi

  • Mijozlar bazasini toifalarga bo‘lish

      Samarali biznesni olib borishni maqsad qilgan har qanday kompaniya, ma’lumotlar bazasida o‘z mijozlarini toifalarga bo‘lish zaruriyatini doimo anglaydi. Albatta, avvaliga yangi mijozlarning maksimal sonini jalb qilishga alohida e’tibor qaratiladi. Ular shartnoma tuzilganidan keyin mijozlar bazasi ma’lumotlarining bir qismiga aylanadi — ushbu tizim amaldagi buyurtmalar va takroriy savdolarni kuchaytirish ma’lumotlarini o‘z ichiga oladi.

      Amaliy tadqiqotlar shuni isbotlaydiki, agar xaridorlarga yo‘naltirilgan marketing xabarlari ularning qiziqishlari va fe’l-atvorini inobatga olmasa, xarajatlar samaradorligi ham past bo‘ladi.

      Shu munosabat bilan mijozlar bazasining barcha ishlari puxta tahlil va individual yondoshuvni talab qiladi. Joriy buyurtmachilar bilan muvaffaqiyatli munosabatlarni o‘rnatish hamda reklama, pochta jo‘natmalari va boshqa marketing qadamlariga ketgan xarajatlardan maksimal ravishda foyda olish uchun, mijozlarni toifalarga bo‘lish lozim. Keyin mijozlarning har bir maqsadli guruhi uchun ta’sir qilishning tegishli usullarini tanlash darkor.

      "Smartup Pharm" bilan samaraliroq soting

  • Preparatlar prezentatsiyasini o‘tkazish

      Farm vakilining o‘z kompaniyasi va mahsulotini namoyish etadigan prezentatsiyalarni o‘tkaza olish qobiliyati doimo diqqat-e’tiborda bo‘ladi.

      Dori preparatlarini reklama qilishning o‘ziga xos xususiyati shundaki, farm vakili mahsulotni professionallarga – shifokor yoki provizorga namoyish qiladi, ular esa o‘z navbatida mazkur muammo mohiyatini farmatsevtik kompaniya xodimidan kam bo‘lmagan darajada anglay oladilar. Prezentatsiyaning bosh maqsadi esa  – proffessional mijozni reklama qilinayotgan preparatni buyurtma qilish uchun ishontirishdir.

      Aynan mana shu yo‘lda sizga «Smartup Pharm» yordam berib, prezentatsiyangizni o‘tkazish ancha osonlashadi.

  • Tahlil

      Ma’lumotga ega odam – olamni qo‘lga oladi» degan edi Natan Rotshild intervyularidan birida. Kuchli raqobat sharoitida to‘g‘ri rejalashtirilgan strategiya – muvaffaqiyatli biznes yaratishning eng asosiy sirlaridan biridir. Shuning uchun biz tizimimizda tahliliy blokni yaratish ishlariga katta e’tibor qaratdik. U to‘g‘ri tahliliy platformani yaratish uchun bir nechta muhim omillarni o‘z ichiga oladi.

      Har qanday tadqiqotning asosi – bu ma’lumot yig‘ishdir. Biz qoldiq balansni yechish ahamiyatining muhimligi haqida yuqorida gaplashdik. Savdo nuqtasidagi qoldiq balans va avvalgi savdolar haqida yig‘ilgan ma’lumotlar – bu kelgusi savdoni prognozlash uchun bazadir. Shuning uchun mazkur ma’lumot hech qaeyrga yo‘qolmaydi va siz har qanday hisobot davri uchun tahliliy ma’lumotlarni olishingiz mumkin. Bu esa ishlab chiqarilayotgan mahsulot sonini aniq taqsimlash va kelgusida savdo hajmini rejalashtirish imkonini beradi.

      Raqobatning savdo darajasiga bo‘lgan ta’siri haqida ham unutishning keragi yo‘q. Bozorda iste’molchilar soni cheklangan va ular uchun raqobatchilar kurashishga majbur. Kompaniyaning rivojlanish strategiyasi qanchalik yaxshi tuzilgan bo‘lmasin, u raqibining birgina omadli qadami bilan chilparchin bo‘lishi mumkin. Raqobatchilar tahlili kompaniyaga qiyin ahvolga tushib qolmaslik imkonini beradi. Smartup bilan raqobatchilarni tahlil qilish maqsadida, iste’molchilar qiziqishlarini aniqlash uchun maxsus so‘rovnoma shakllarini qo‘llash mumkin, shuningdek, mahsulotingizning raqobatchi mahsulotlariga o‘xshash turini baholash orqali, chakana savdo auditining soddalashtirilgan shaklini ham o‘tkazish mumkin.

      Barcha hisobot shakllari kompaniyaning tegishli bo‘limlari va xodimlarining elektron pochtalariga avtomatik tarzda jo‘natilishi mumkin. Bu ofisda bo‘lmay turib ham, barcha yangiliklardan xabardor bo‘lib turishga imkon beradi.

      Tahliliy bazani ko‘rib chiqish uchun, asosiy sahifaga jadvallar va diagrammalar chiqarilgan.

      Bir mahsulotda bu kabi ma’lumotlarni qanday qilib xavfsiz saqlash mumkin, degan haqli savol tug‘iladi. Bu masalaga alohida e’tibor berganmiz. Hisobot uchun serverlarda saqlanadigan barcha ma’lumotlar himoyalangan va foydalanuvchi hamda server o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvida SSL protokoli yoki VPN kanaldan foydalaniladi.

  • KPI (samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlari)

      Savdo sohasida samaradorlik ko‘rsatkichlari nimadan iborat, degan savolga quyidagicha javob berish mumkin: ular biznesning o‘sish darajasini kuzatishga yordam beruvchi ko‘rsatkichlardir. Ular moddiy va nomoddiy bo‘lishi mumkin. Shuningdek, ularni odatda biznes faoliyatining uzoq muddatli bahosi uchun qo‘llashadi. Qolaversa, ularni muntazam ravishda qo‘llash kerak.

      Biznes har xil sharoitda ishlashi mumkin, lekin hamma joyda ham qo‘llash mumkin bo‘lgan universal KPIlar mavjud. Ular o‘zining maqsadli qo‘llanilishiga qarab quyidagilarga bo‘linadi:

      Savdo darajasi.

      Mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarning oldini olish.

      Mahsulotlar mavjudligi.

      Xodimlarning ish haqlari.

      Mijozlarga xizmat qilish sifati.

      Ishchilarni o‘qitish.

      Qo‘shimcha kamomadlar.

      Ushbu ko‘rsatkichlarni aniqlab olish rahbariyatga eng to‘g‘ri va samarali yo‘nalishni tanlash imkonini beradi. Bu universal vosita bo‘lib, uning yordamida do‘konda savdo samaradorligini aniq hisoblab chiqish mumkin.

      Ushbu ko‘rsatkichlar quyidagilar uchun kerak:

      Tadbirkor ular yordamida butun bo‘lim ishidan tortib, har bir xodim mehnatigacha aniq baholay oladi.

      Kompaniyaning kuchli va zaif nuqtalarini ko‘rsatadi.

      Sotuvchilarni motivatsiya qilishga yordam beradi.

      Ishchilar orasida majburiyatlarning aniq taqsimlanishiga yordam beradi.

      Tanlangan strategik rivojlanish tufayli, kompaniya samarali ishlay boshlaydi

      Smartup bilan tez moslashuvchi KPIlarni o‘rnating.

  • Vaqtni nazorat qilish

      Distribyutorlik ishi bilan shug‘ullanadigan kompaniya uchun tezkor ish nechog‘li muhim ekanligini aytmasa ham bo‘ladi. Mijozlarimiz orasida o‘tkazgan so‘rovnomalarimizga ko‘ra, Smartupdan foydalanish operator tomonidan buyurtmaga ishlov berishga ketadigan vaqtni o‘rtacha 40%ga qisqartirish imkonini beradi va savdo vakili tomonidan amalga oshiriladigan hudud qamrovini 20%ga ko‘paytiradi

      Keling, ushbu barcha afzalliklarni savdo vakilining bir ish kuni misolida batafsilroq ko‘rib chiqamiz.

      Smartup ilovasiga ega savdo agenti o‘z ish kunini bevosita o‘z “makoni”da, ofisgacha yo‘lga ketadigan vaqtni tejash orqali, boshlashi mumkin, chunki bir kunlik tayyor ish tartibi marshrut yo‘li uning gadjetida allaqachon yuklangan. Tashriflar rejasi telefon orqali savdo vakilining o‘zi tomonidan, yoki operator tomonidan dasturning ma’murlik paneli orqali tuzilishi mumkin. Ikki usul ham atigi bir necha daqiqani oladi. Bunda marshrut optimallashtirilgan bo‘lib, agentning qo‘l ostida savdo nuqtalariga ega o‘rnatilgan xarita bor, ular yordamida agent o‘zi uchun eng qulay marshrut yo‘li grafigini tuzib oladi.

      Demak, tashriflar rejasini aniqlab bo‘ldik, keling, endi nuqtalarga kelish masalasida to‘xtalib o‘tamiz. Biz maksimal darajada oddiy va qulay interfeysni yaratdik, endi punktlarni to‘ldirish ko‘p vaqtni olmaydi. Masalan, dasturda standart turdagi sharhlar bo‘lib, ularni operator qo‘shib qo‘yadi, agent esa ularni atigi bitta belgi yordamida belgilaydi va har safargi tashrifda takrorlanadigan sharhlarni qayta-qayta yozavermaydi. Qoldiqlar balansi moduli bir nechta kliklarda to‘ldiriladi, reklama jihozlari monitoringi, promo-mahsulot va chakana savdo auditi bo‘yicha modul ham xuddi shu tarzda aks ettiriladi. Shuningdek, katta ro‘yxatlar bilan tez ishlash maqsadida, biz jamiki mavjud parametrlar bo‘yicha filtrlash tizimini joriy qildik, bu ham vaqtni tejashda yordam beradi. Va nihoyat, buyurtmani qabul qilishda dastur nafaqat dolzarb narxlar va chegirmalarni hisobga olgan holda, barcha ma’lumotlarni avtomatik tarzda hisoblashga yordam beradi, balki oldingi savdoni inobatga olgan holda, u keyingi savdo vakili kelgunga qadar yetishi uchun, mahsulotlar sonini buyurtmaga tavsiya qilishi ham mumkin.

      Mana shunday bir nechta oddiy qadamlar orqali siz tashrif haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lasiz, xatolarni minimal darajaga tushirib, olayotgan ma’lumotlar sifatini oshirib borasiz. Endi faqat Internet tarmog‘iga ulanish va ofisdagi operatorga yangi buyurtmani jo‘natish qoldi xolos.

  • Ko‘p filiallik

      Ko‘pchilik distribyutorlik kompaniyalari mamlakatning barcha hududlari bo‘yicha keng tarmoqdagi filiallarga ega bo‘lishadi. Bunday korxonalarning ishlarini yuritishda filiallar orasida ish taqsimoti to‘g‘ri tashkil qilingan bo‘lishi kerak.

      O‘zbekistonning barcha viloyatlarida keng tanilgan, ishchilar soni 100dan ortiq bo‘lgan kompaniyani tasavvur qiling. Har kungi kiruvchi va chiquvchi ma’lumotlar oqimi juda katta. Shuning uchun bu borada chalkashliklarni chetlab o‘tish maqsadida biz ko‘p filiallik tizimini joriy qildik.

      Har bir hudud o‘zining alohida bo‘limiga ega bo‘lib, ularning har biri o‘z omborxonalarini tashkil qilishlari, mahsulotlar qatori va o‘z savdo vakillarini ishlatishlari mumkin. Bunda hudud faqat o‘ziga tegishli ma’lumotlardan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi, shu orqali operatorning ishi ancha osonlashadi.

      Bu esa ma’lumotlarga ishlov berish jarayonlari to‘xtab qolmasligiga imkon beradi va ishni maksimal darajada optimallashtiradi.

      Bunda bosh ofis istagan vaqtida har bir filiali ishi bo‘yicha hisobotni olishi mumkin.

      Shuningdek, omborxona qoldiq balansini filiallar va o‘zaro buxgalterlik hisobotlari orasida ko‘chirib o‘tkazish imkoniyati ham yaratilgan.

      Ko‘rib turganingizday, bu kabi tizimning afzalliklari ko‘p. Bu nafaqat vaqtni va ish resurslarini tejash degani, balki kompaniyaning katta hajmdagi maxfiy ma’lumotlari bilan ishlashda yuqori xavfsizlik darajasidir.

      Shuni ham unutmaslik kerakki, hisobot hujjatlarini barcha filiallar ishi bo‘yicha ham, har birini alohida olganda ham shakllantirish mumkin.

      Bularning hammasi "Smartup" DTda allaqachon ishga tushirilgan

  • Rejalashtirish va vazifalar menejeri

      Hammamizga “yana bir soatgina” doimo yetmay teradi, shunday emasmi? “Doimo bandman, lekin hech narsaga ulgurmayman” degan vaziyatdan chiqish uchun, oddiygina o‘z-o‘zini boshqarish va rejalashtirish yordam berishi mumkin. “Rejalashtirish” deganda, birinchi navbatda kundalik daftar xayolimizga keladi. Lekin siz varaqlar shitirlashidan shunchaki bahra oladigan, kanselyariya buyumlariga mehr qo‘ygan insonlar toifasidan bo‘lmasangiz-chi, qolaversa, sumkangiz og‘irlashib qolishini ham istamaysiz, shunday emasmi? Bunday holda, siz qaydlaringizni doimo qo‘l ostingizda bo‘ladigan smartfonda olib borishingiz mumkin.

      Bugun biz sizning nazdingizda rejalaringizni amalga oshirishga yordam beruvchi eng munosib vazifalarni tanladik va ularni siz Smartup DTning o‘zida qaydlar sifatida kiritishingiz mumkin. O‘z vaqtingizni o‘zingiz boshqaring!

  • Merchendayzing

      Bozordagi raqobat kuchayib bormoqda. Ko‘proq va samarali savdoni amalga oshirish uchun, ko‘proq kuch sarflashga to‘g‘ri kelyapti. Savdo faoliyatini mukammal rejalashtirish uchun, merchendayzing ma’lumotlarini yig‘ish kerak. Ko‘plab kompaniyalar mijoz tashrifi davomida savdo agentlarini nafaqat hujjatlarni rasmiylashtirish, balki savdoni rejalashtirish va tahlil qilish uchun ma’lumotlarni yig‘ishga ham undaydi. Bular quyidagi parametrlardir: joriy qoldiq balansi, feysing, hisobot amallari, reklama materiallarining borligi va h. Smartup Trade dasturining asosiy vazifasi, bu talabnomalarni yig‘ishni avtomatlashtirish sanaladi, lekin biz merchendayzing haqida ham unutmadik. Dasturda ushbu ishni amalga oshirishning ikki usuli mavjud. Buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida asosiy ma’lumotlar, qoldiq balans va feysingni yig‘ish mumkin. Ular asosiy parametrlar bo‘lib, ko‘plab kompaniyalarda yetarlidir. Lekin biz to‘xtab qolganimiz yo‘q va keng spektrdagi vazifalardan iborat merchandayzingni ham qo‘shdik. Masalan, Smartupda har qanday murakkablikdagi va mazmundagi so‘rovnomalarni yaratish uchun muharrir yaratilgan. Merchandayzingni Smartup Trade bilan avtomatlashtirish.

  • Chakana savdo auditi

      Agar siz xarajatlarni kamaytirmoqchi va chakana savdo standartlaringiz kuzatuvi ustidan nazorat o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz, u holda siz chakana savdo nuqtalari auditi kabi vositadan foydalanishingiz o‘rinli bo‘ladi. 

      hakana savdo auditi ko‘proq uch holatda kerak bo‘ladi.

      Birinchidan, hali o‘sish salohiyati amalga oshmagan rivojlanayotgan chakana savdo operatorlari uchun. Odatda ularni savdo maydoni, ishchilar ishining samaradorligini oshirish, xarajatlarni kamaytirish, omborxona zahirasi bilan ishlashni yaxshilash kabi masalalar qiziqtiradi.

      Ikkinchidan, turg‘un chakana biznes uchun. Odatda ular kichik (8-10tagacha do‘konlar) chakana savdo tarmoqlari bo‘lib, cheklangan ma’muriy apparatga ega bo‘ladi. Ularga ko‘pincha omborxona zahiralarini restrukturizatsiya qilish, ishchilar motivatsiyasini yaxshilash va chakana savdo sifatini nazorat qilishga extiyoj sezadilar.

      Uchinchidan, yirik chakana savdo tarmoqlari uchun. Ularni odatda xodimlar (sotuvchilar, merchandayzerlar, ma’murlar) ishi sifatini baholash, KPI (o‘rtacha chek, xizmat ko‘rsatish koeffitsienti, tashrif buyuruvchilarni qamrab olish koeffitsienti, maydon m.kv.dan savdo tushumi) bilan ishlash, savdo nuqtalarida brendni namoyish etish sifati, kabilar qiziqtiradi.

      "Smartup" DT bilan chakana savdo auditidan foydalaning

  • Vaqtinchalik hudud

      Smartup yagona tizimi xavfsizlikni ta’minlash va korxonaning ish samaradorligini oshirish masalalarini hal qiladi. Smartup tizimi tuzilishi xavfsizlik tizimlarining zamonaviy rivojlanish darajasiga mos keladi, boshqarish samaradorligini oshirish tizimini o‘z ichiga oladi, savdoni real vaqt rejimida monitoring qilishni qamrab oladi.

      Qayerda bo‘lmang, ofisdan qanchalik uzoq masofada joylashmang – siz doimo barcha dolzarb ma’lumotlar markazidasiz va har qanday harakatni “to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda” kuzatib turasiz. Smartup bilan ishonchli.

  • Hisobot berish

      Konfiguratsiya savdo faoliyatining joriy holati – aylanmalar, assortimentning yetarliligini nazorat qilishning vositalarini taqdim etadi, bu esa tezkor ravishda zarur qarorlarni qabul qilishga imkon beradi. Hisobotlarning amalga oshirilgan tizimi kuchli va tez moslashuvchan vosita hisoblanib, savdo faoliyatining barcha tomonlari va korxona mahsulot aylanmasini tahlil qilish uchun moslashtirilgan. Foydalanuvchi omborxonalar holati, buyurtmalar, savdo, talab qilingan ma’lumotlar bilan taqdim etilgan har qanday tahliliy kesimdagi o‘zaro hisob-kitoblar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, xaridorlar bo‘yicha savdo haqida va oylar bo‘yicha bo‘lingan nomenklatura pozitsiyalari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishi ham mumkin.

      Hisobotlarni tuzuvchi

      Har bir foydalanuvchi cheklanmagan hajmdagi hisobotlarni tuzishi mumkin. Shuningdek, siz har bir shaxs uchun, foydalanuvchilarning hisobotlardan foydalanish imkoniyatini sozlashingiz mumkin. Qulay bo‘lishi uchun, hisobotni bosh sahifada va menyuda aks ettirish mumkin.

      Shularning hammasi va boshqa imkoniyatlar "Smartup" DTda allaqachon amalga oshirilgan. Biznesingiz uchun kerakli va mos keladigan hisobotlarni tanlang.

  • Rollar bo‘yicha foydalanish

      Rollar asosida foydalanishni boshqarish — bu foydalanishning tanlanadigan boshqaruv siyosatini rivojlantirish bo‘lib, bunda ob’ektlarga bo‘lgan sub’ektlar tizimi foydalanish huquqlari, ularning qo‘llanish sohasi xususiyatini hisobga olgan holda, rollarni tashkil qilib guruhlanadi.

      Rollarni shakllantirish, kompyuter tizimi foydalanuvchilari uchun aniq va tushunarli erkin foydalanishni cheklash qoidalarini aniqlashga qaratilgan. Rolli cheklash, kompyuter tizimi faoliyati jarayonida tez moslashuvchan, o‘zgaruvchan dinamik foydalanishni cheklash qoidalarini amalga oshirishga imkon beradi.

      "Smartup" dasturiy ta’minot to‘plamida rollar bo‘yicha tez moslashuvchan sozlamalar mavjud. Har bir rol dasturdan foydalanishning sozlanadigan chegaralarida mavjud bo‘lib,  u foydalanuvchi tomonidan, uning uchun begona modullarda ruxsatsiz foydalanishning oldini oladi.