• +998 99 8180809
  • +998 90 3517261
  • +998 99 8180809
  • +998 90 3517261
  • Sarf materiallari hisobi

      Dastur omborxonaga mahsulot kelishi va sarf materiallarining berilishini hisoblashga imkon beradi, shuningdek, o‘tgan davrlar mobaynida xarajatlar statistikasi asosida ularning extiyojlarini rejalashtirishga ko‘maklashadi. Hisob yuritish va qat’iy nazorat qilish har qanday korxona va shu jumladan, tibbiy muassasani boshqarishning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. 

      Tibbiyot sanoatidagi har qanday muassasa faoliyati ko‘pgina omillarga bog‘liq va ulardan biri hisobot hamda nazoratni tashkillashtirish sanaladi. Undan tashqari, to‘g‘ri tashkillashtirilgan hisobot muassasadagi rahbar ishini sezilarli ravishda yengillashtiradi. Rahbar qanchalik bilimdon bo‘lsa, uning muassasasida nazorat shunchalik mukammal olib boriladi. Zero, dono naqlda aytilishicha, ishon, lekin "Smartup Medical" bilan tekshirni unutma.

  • Vaqtinchalik hudud

      Smartup yagona tizimi xavfsizlikni ta’minlash va korxonaning ish samaradorligini oshirish masalalarini hal qiladi. Smartup tizimi tuzilishi xavfsizlik tizimlarining zamonaviy rivojlanish darajasiga mos keladi, boshqarish samaradorligini oshirish tizimini o‘z ichiga oladi, savdoni real vaqt rejimida monitoring qilishni qamrab oladi.

      Qayerda bo‘lmang, ofisdan qanchalik uzoq masofada joylashmang – siz doimo barcha dolzarb ma’lumotlar markazidasiz va har qanday harakatni “to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda” kuzatib turasiz. Smartup bilan ishonchli.

  • Mijozlar bazasi

      Mijozlar bazasi —bu eng kamida kompaniya biznesini rivojlantirish va barqarorligini ta’minlash uchun vosita. Ehtimol, bu biznesni boshqarish uchun kam uchrovchi haqiqatdan ishlaydigan, samarali vositalaridan biridir. Bu faqatgina elektron ro‘yxat emas, odatda mijozlar bazasi deganda, shunday tushuniladi, lekin bu xato fikr. To‘liq mijozlar bazasi menejerga yordam beradigan katta imkoniyatlar hajmiga ega, elektron ro‘yxat esa faqatgina mijozlar sonini va qisqa ma’lumotlarni ko‘rishga imkon beradi — bu esa mijozlar bilan o‘zaro munosabatni hujjatlashtirish uchun urinishdan boshqasi emas.

      "Smartup" DTda to’g’ri mijozlar bazasi.

  • Hisobot berish

      Smartup Medicalni joriy qilish bilan siz tuzilmangiz ishi bo‘yicha barcha jamlangan dolzarb ma’lumotlardan foydalanish imkoniga ega bo‘lasiz. Dastur to‘plami barcha keluvchi ma’lumotlarni tahlil qilgan holda, ish uchun har qanday zaruriy hisobotlar shaklini shakllantirish imkonini beradi. Bugungi kunda asosiy turi 15 xildagi hisobotlarni o‘z ichiga oladi. Bunda dastur belgilangan davr uchun hisobotlarni avtomatik tarzda shakllantirishi va ularni elektron pochta orqali yuborishi mumkin.

      Konfiguratsiya savdo faoliyatining joriy holati – aylanmalar, assortimentning yetarliligini nazorat qilishning vositalarini taqdim etadi, bu esa tezkor ravishda zarur qarorlarni qabul qilishga imkon beradi. Hisobotlarning amalga oshirilgan tizimi kuchli va tez moslashuvchan vosita hisoblanib, tibbiy muassasaning barcha jabhalari tahlili uchun qo‘l keladi.

       

      Foydalanuvchi omborxonalar holati, mijozlar, tashriflar, talab qilingan ma’lumotlar bilan taqdim etilgan har qanday tahliliy kesimdagi o‘zaro hisob-kitoblar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, oylar bo‘yicha bo‘lib chiqilgan eng ommabop xizmat haqida ma’lumotni olish mumkin.

       

      Shu va boshqa ko‘plab vazifalar allaqachon "Smartup Medical" DTda amalga oshirilgan. Biznesingizga kerakli va mos keladigan hisobotlarni tanlang.