• +998 99 8180809
  • +998 90 3517261
  • +998 99 8180809
  • +998 90 3517261

Nima uchun tibbiy korxona va muassasalarga biznesni avtomatlashtirish kerak? CHunki O‘zbekistondagi tibbiyot sohasida yildan-yilga raqobat kuchli bo‘lib boryapti, mijozlar esa – tibbiy xizmatlar sifatiga talabni oshiryapti, xizmat tezkorligi borasida ham ahvol shu.

Lekin avtomatlashtirishning qaysi bir xil dasturi ham stomatologiya, ham diagnostika markazi, ham tibbiy klinika uchun birdek mos keladi? O‘zimiz ham ushbu savolga javob berishga urinib ko‘rdik. Natijada tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasida ish jarayonlarini optimallashtirishga imkon beruvchi CRM tizimini yaratdik.

Ha, ha! Ushbu savolga javob topa olmadiku, lekin o‘z dasturiy yechimimizni ishlab chiqdik. U tufayli davolash, diagnostika va tibbiy xizmatlar sektorida biznes jarayonlarini avtomatlashtirish mumkin. Bunday yechim sifatida Smartup Medical ERP tizimi amaliyotga joriy etildi. Quyida ushbu dasturiy to‘plamning afzalliklari va imkoniyatlari haqida batafsil so‘zlab beramiz.

Smartup Medical biznesni avtomatlashtirish tizimi: afzalliklari va imkoniyatlari

1. Birinchidan, mazkur dasturiy yechimni boshqalardan farqlab turadigan asosiy jihati – bu uning kompleksliligidir. Smartup Medicalni tanlab, siz qo‘shimcha dasturlarni xarid qilishga mablag’ sarflamaysiz. Barcha mavjud vazifalar va vositalar allaqachon bitta avtomatlashtirish tizimidan joy olgan.

2. Moslashuvchanlik. SRM tizimi yangi modullar bilan to‘ldirilishi mumkin va shu tariqa aynan sizning klinikangiz yoki stomatologiya xizmatiga to‘liq moslashadi. Bunda ma’lum bir biznesning o‘ziga xos jihatlari albatta inobatga olinadi. 

3. Ma’lumotlarni himoya qilish. Biznes uchun ma’lumotlarni saqlash masalasi o‘ta muhim ekanligini yaxshi tushunamiz. Ayniqsa, ma’lumotlar maxfiyligi dolzarb bo‘lgan tibbiyot sohasida. Aynan shuning uchun, biznes jarayonlarini optimallashtirish va avtomatlashtirish tizimini yaratganimizda, biz nafaqat ma’lumotlarga bo‘lgan noqonuniy aralashuv, o‘g‘rilik va yo‘qotishdan maksimal ishonchli himoyani ta’minladik, balki  FBNT (foydalanishni boshqarish nazorati tizimi)ni ham nazarda tutdik.

4. Yuqori tezlikdagi moslashuvchanlik, joriy qilish va sozlamalar. Taqdim etilgan ma’lumotlar yechimini joriy qilish muddati 7 kunni tashkil etadi. U asosiy faoliyatidan boshlab to‘xtovsiz ravishda ishlaydi.

 

Funktsional

Endi Smartup Medical aynan qanday vazifalarni bajara olishi haqida qisqacha to‘xtalamiz!

Smartup Medical: tibbiyotda biznesni avtomatlashtirishmi? Bu oson!

Smartup Medical buxgalteriya-kassa hisobi va mijozlar bazasini shakllantirish sohalaridagi vazifalar bilan birga, tibbiy muassasalar oldida yuzaga keladigan noodatiy muammolarni yechishga ham imkon beradi.

1. Sarf materiallarining avtomatlashtirilgan hisobi

Biznesni avtomatlashtirish tizimimiz yordamida, klinikangiz omborxonasiga qancha miqdorda sarf materiallari qabul qilinganligi, kimga va qachon jo‘natilganligini doimo bilib turasiz. Avtomatik rejimda shakllanadigan statistika asosida, shuningdek, kelgusida u yoki bu materiallar qancha miqdorda zarur bo‘lishini oldindan prognoz qilish mumkin. Mazkur modul materiallar hisobi jarayonini yengillashtirishga imkon beradi, shuningdek, kelgusi davr uchun zaruriy xaridlar ro‘yxatini shakllantirishga ko‘maklashadi. Unutmaslik kerak, aynan sarf materiallarining hisobi va nazorati, eng muhim va bir vaqtning o‘zida har qanday tibbiy muassasa yoki kompaniya faoliyatining eng murakkab jihati hisoblanadi. 

2. Real vaqt rejimida xavfsizlik.

Klinikalar va tibbiy markazlar uchun mo‘ljallangan Smartup avtomatlashtirish tizimi – yana kompaniya xavfsizligini ta’minlash uchun ishonchli yechimdir. Bunda, nafaqat ma’lumotlar xavfsizligi tushuniladi, balki jismoniy xavfsizlik ham nazarda tutiladi. 

Ushbu dasturiy yechimning eng nostandart imkoniyatlaridan biri, bu ofis faoliyati yoki butun bir kompaniya ustidan real vaqt rejimida amalga oshiriladigan videokuzatuv vazifasi sanaladi. Endi sayohatlar yoki xizmat safarlarida bo‘lib turib ham, siz klinikangizda ishlar qanday ketayotganligini nafaqat bilib turasiz, balki o‘z ko‘zingiz bilan kuzatishingiz ham mumkin. Qolaversa, klinikangizga nechta mijoz qanday masalada murojaat qilgani, ularga ko‘rsatilgan tibbiy xizmat nechog‘li sifatli ko‘rsatilgani haqida ham xabardor bo‘lasiz.

Aytgancha, amaliyot shuni ko‘rsatadiki, mazkur modulni joriy qilish shuningdek, xodimlar ishi samaradorligiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Axir ishchilar rahbarining doimiy kuzatuvi haqida bilib turishadi-da.

3. Mijozlar bazasini yaratish

Mijozlar bazasi – bu shunchaki mijozlarning nomlari va telefon raqamlari ro‘yxati, deb o‘ylayapsizmi? Smartup Medical sizga aslida buning ahamiyati kattaroq ekanligini isbotlab beradi! 

Aynan to‘g‘ri qurilgan baza mijozning sodiqligiga erishishga, uning qayta murojaatlariga sabab bo‘ladi, oxir-oqibat butun O‘zbekiston bozori va undan tashqarida ham benuqson obro‘ ta’minlanadi.

4. Hisobot hujjatlari

Hisobot berishni shakllantirish va turli hisobotlarni yuritishga vaqt va kuchingizni sarflashni istamaysizmi? To‘g‘ri qilasiz, yaxshisi ulardan biznes uchun kattaroq foyda olish uchun foydalangan ma’qul!

Smartup Medical esa barcha zaruriy hisobot hujjatlarini mustaqil ravishda, ularda mavjud ma’lumotlarni inobatga olgan holda, shakllantirib beradi. 

E’tibor bering, hisobot hujjatlarining bunday tuzilishida, turli xatolarga yo‘l qo‘yish ehtimoli nolga yaqinlashadi. Demak – hujjatlar aylanmasini yuritish sifati ham yaxshilanadi

Medical

Smartup Trade ishi sxemasi
Rahbarlar tibbiy muassasada ro‘y berayotgan barcha jarayonlarni kuzatib turadi. Xodimlar esa mijozlarga xizmat ko‘rsatishning barcha bosqichlarini qo‘shadilar va sarf materiallari hamda preparatlar xarajatlari hisobini olib boradilar. Har bir mijoz bo‘yicha tahlillar va tashhis natijalari bulutda saqlanadi va mijoz takroran murojaat qilganda, uning kasallik tarixi oson topiladi.

Nima uchun siz biznesingizni avtomatlashtirishni bizga ishonib topshirishingiz mumkin?

O‘zbekistonda biznesni avtomatlashtirish – kompaniyamiz faoliyatining asosiy ixtisosligidir. Bizning dasturiy to‘plamlarimiz nafaqat vaqt, balki O‘zbekiston Respublikasi, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va MDHning boshqa davlatlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalarimiz sinovidan ham o‘tgan.

Agar tanlangan dasturiy yechim biznesingiz extiyojlarini to‘liq qoniqtira olmasa, biz mamnuniyat bilan tizimimizni yaxshilab beramiz, qo‘shimcha modullarni joriy qilamiz va uni yangi zarur vazifalarni bajarishga moslashtiramiz.
Ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishni istaysizmi, bu qanday ishlashini ko‘rmoqchimisiz?
Smartup Medical demo turini hoziroq so‘rashingiz mumkin!