• +998 99 8180809
  • +998 90 3517261
  • +998 99 8180809
  • +998 90 3517261
  • Izlanuvchilar va xodimlarni hisobga olish.

      Smartup HR cheklanmagan sondagi nomzodlarni yaratish imkonini beradi, shuningdek, vaqtinchalik yoki doimiy ishlaydigan, ma’lum bir tashkilotga bog‘langan va keyinchalik mutaxassisga aylanadigan, umumiy axborot bazasi uchun ishlaydigan boshqa turli xodimlarni ham yaratishga ko‘maklashadi. Bunda izlanuvchilarni bir o‘rindan ikkinchisiga, bir mutaxassislikdan boshqasiga, bir razryaddan ikkinchi razryadga o‘tkazish oson va qulaydir. Uning ustiga avvaldan yuklab olingan hujjatlar, masalan qaror yoki boshqa hujjatga biriktirish, xodimni ishga olish yoki ishdan bo‘shatish haqidagi ma’lumotga tez ega bo‘lish va uni aks ettirishga imkon beradi.

  • Mutaxassisliklarning tayyor profayllari

      Smartup HR kompaniya ishchi  va xodimlarining cheklanmagan bazasini yuritishga imkon berishi tufayli, turli mutaxassisliklar, sinov muddati va moslashuv davrini inobatga olgan holda pro fayl yaratish va uni sozlashga extiyoj tug‘iladi. Bu aniq individual xodim yoki umumiy formatdagi xodimlar uchun amal qiladi. Bunda ularning malakasi, razryadi, ish haqi, ish jadvali kabilar hisobga olinadi. Dasturdagi bu kabi jarayonlar esa bo‘limdan bo‘limga o‘tgan holda tez va yengil amalga oshadi. Mazkur imkoniyatlar menejerlarning ishini ancha osonlashtiradi, o‘sha bir xil hajmdagi ishni tezroq uddalashga yordam beradi.

  • Tashkiliy tuzilmani yaratish

      Turli departamentlar va kompaniya bo‘limlarini yuritish va hisobga olish uchun Smartup HRda ierarxik tizimni yaratish, har bir xodimni alohida va ommaviy tarzda boshqarish imkonini berib, moslashuvchan tizim orqali insonlarning bir-biri bilan yuzma-yuz kelmaslik imkoniyatini ta’minlaydi.

  • Ish jadvali

      Dam olish kunlari va mutaxassislikning boshqa jihatlarini hisobga olgan holda, keyinchalik aniq bir xodimga biriktirish orqali, umumiy formatdagi va shaxsiy ish jadvallarini yaratish imkoniyati bugun ushbu tizimda mavjud. Xohishga qarab, FBNT (foydalanishni boshqarish nazorati tizimi) tizimini biriktirib, xodimning ishga kelish va sababsiz kelmasligi jadvalini kuzatish mumkin, bunda parallel ravishda ishlatilgan ish vaqtini hisobga olgan holda ish haqining hisobini yuritish mumkin. Shuningdek, xodimlarga avans berish shartlarini o‘rnatish va ish jadvalini moslashuvchan tarzda o‘zgartirish imkoniyati ham bor, ammo mazkur mutaxassislikka mos bo‘lgan oldindan o‘rnatilgan shartlarni ham hisobga olish darkor.

  • Tabel hisobotlari

      Tabel hisobotini yaratish Smartup HRda avtomatik tarzda sodir bo‘ladi. Bunda tanlangan davr va boshqa shartlar inobatga olingan holda, departament, lavozim va ishlatilgan ish jadvali haqidagi birlashtirilgan ma’lumot aks ettiriladi. Zaruriyat tug‘ilsa, joriy xodimlar, boshqa joyga o‘tkazilgan, ishdan bo‘shatilgan yoki vakant ishchilar haqidagi axborot ko‘rilishi uchun qo‘shimcha tarzda qo‘shilishi mumkin.

  • Kelishuvlarning ko‘p kanalli tizimi

      Xodimni bir bo‘limdan boshqasiga, bir o‘rindan ikkinchisiga, bir mutaxassislik yoki lavozimdan boshqasiga o‘tkazish, ishga olish va bo‘shatish jarayoni, xulosasi albatta inobatga olinishi zarur bo‘lgan belgilangan shaxslar qarorini kiritgan holda amalga oshiriladi. Smartup HRda mazkur shakldagi harakatlar yoki hujjatlarni kelishib olish uchun, kelishuvlarning ko‘p kanalli tizimi mavjud bo‘lib, u masofadan turib ishlashi mumkin. Kelishib olayotgan shaxsga ofisga kelish shart emas, u o‘z akkaunti ostida sahifaga kirishi va harakatini tasdiqlashi kifoya.

  • Ish haqi va avanslarni hisoblash

      Ish haqini hisoblash Smartup HRda avtomatik tarzda sodir bo‘ladi. Tuzilgan ish jadvali va pro faylda oldindan yaratilgan mutaxassislik inobatga olinadi. Ular esa o‘z navbatida hisob bo‘limi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langandir.

  • FBNTni nazorat qilish

      Smartup HRga turli FBNT (foydalanishni boshqarish nazorati tizimi) ni biriktirish imkoniyatidir. Bular planshet yoki boshqa qurilma bo‘lishi mumkin, ular xodim tomonidan ishlatilib bo‘lingan vaqt miqdorini hisobga oladi va ishchilarning ishlatilgan vaqtlarini nazorat qilish imkoniyatini ancha aniq holga keltiradi. Olingan ma’lumotlardan kelib chiqib, tizim mustaqil ravishda umumiy ishlatilgan vaqtni hisoblab chiqaradi.

  • Motivatsiya va jarimalar

      Motivatsiya va jarimalar tizimi mutlaqo shaffof bo‘lib, kompaniya xodimlari ish samaradorligini maksimal darajada oshirishga imkon beradi. Bir vaqtning o‘zida u xodimlar ishini nazorat qilish va mehnat intizomiga rioya qilishni rag‘batlantirish, rag‘bat uchun bonus berish yoki intizomga rioya qilmagan xodim maoshidan ma’lum miqdorni jarima sifatida olib tashlashda ko‘maklashadi.

  • Attestatsiyadan o‘tkazish va o‘qitish

      Mazkur modul barcha o‘tkazilgan treninglar tarixi, ma’ruzachilar va tinglovchilar hisobini yuritish imkonini beradi. Shuningdek turli o‘quv va boshqa tadbirlarni tashkil qilishni rejalashtirishga yordam beradi. Undan keyin turli yo‘nalishdagi test sinovlari va xodimlar attestatsiyasi jarayoni o‘tkaziladi hamda ular munosib baholanadi. Bu esa xodimning malakasi, razryadi va lavozimining o‘ziga nechog‘li mos kelishini baholashga imkon beradi.

  • Ma’lumotlarni himoya qilish

      Smartup HRning moslashuvchan sozlamasi har bir foydalanuvchi uchun ancha qulay va oson bo‘lib qoldi. Hozirning o‘zida siz bo‘limning har bir alohida xodimi uchun tizimdan foydalanish sozlamalarini sozlashingiz mumkin. Ya’ni siz rahbar yoki bo‘lim boshlig‘i sifatida, barcha ma’lumotlar tizimidan foydalanish imkoniga ega bo‘lib turgan bir paytda, boshqa xodimingiz faqat siz ruxsat bergan yoki sozlagan ma’lumotlar qismigagina kiradi yoki belgilangan harakatlarnigina amalga oshira oladi.