• +998 99 8180809
  • +998 90 3517261
  • +998 99 8180809
  • +998 90 3517261

Agar siz kadrlar menejmenti va HR kesimida biznesni avtomatlashtirish uchun to‘g‘ri yechimni izlayotgan bo‘lsangiz, u holda Smartup HR CRM tizimi kadrlarni o‘qitish, ish haqini hisoblash, shuningdek, ishchilarni boshqarish bilan bog‘liq boshqa vazifalarni bajarishda sizning ishonchli yordamchingizga aylanadi. 
ERP tizimi: u nima? 

Smartup HR ERP tizimi – bu kompleks dasturiy yechim bo‘lib, kompaniyangizga eskirgan qog‘ozbozik, hujjatbozlikdan voz kechib, kadrlar boshqaruvi jarayonini yangi sifat darajasiga chiqarishga imkon beradi.

Mazkur DTdan foydalanish quyidagi imkoniyatlarni beradi:
- kompaniyaning kadrlar bilan bog‘liq moliyaviy xarajatlarini 50% va undan ko‘pga qisqartiradi;
- vaqtinchalik yo‘qotishlarni 50% va undan ko‘pga qisqartiradi;
- xodimlarning qoniqqanlik darajasi va motivatsiya ko‘rsatkichlarini 50%ga ko‘taradi.

Funktsional

Bizning ERP tizimimiz biznes jarayonlarini avtomatlashtirishda shu kabi natijaga qanday qilib erishishini bilmoqchimisiz?

Smartup HR ERP integratsiyasi: qanday vazifalarni yechishga imkon beradi?

1. Izlanuvchilar va xodimlarni hisobga olish. 
Smartup HR yordamida korxona biznes jarayonlarini avtomatlashtirish, xodimlar va nomzodlarni bir bazadagi lavozimga to‘liq hisobga olishni olib borishga imkon beradi. Ishchini bir lavozimdan boshqasiga o‘tazishdimi? Tizim uning kasbidagi siljishlari, rezyumesidan tortib ishdan bo‘shatilganigacha bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘adi, shuningdek, noaniq ma’lumotlarni chetlab o‘tishga yordam beradi. 

2. Ish jadvali va boshqaruv tuzilishi.
ERP tizimi korxonani boshqarish tuzilishini avtomatik tarzda shakllantiradi, shuningdek, turli guruhdagi xodimlar uchun tabel hisobotlari va ish jadvallarini belgilab beradi. Bunda kompaniya faoliyatining xususiyati to‘liq inobatga olinadi. Undan tashqari, CRM imkoniyatlari foydalanishni tezkor boshqarish, ish vaqti va progullarni hisobga olishni avtomatik rejimda amalga oshirishga imkon beradi.

3. Masofadan boshqarish rejimida harakatlarni muvofiqlashtirish imkoniyati.
Har bir HR mutaxassisi hayotida bir marta bo‘lsa ham, ishchilarni yollash, bo‘shatish yoki yangi lavozimga o‘tkazish borasida rahbariyat ruxsatini olishdek vaziyatga to‘qnash kelganligi aniq. Eng yomoni, direktor yoki boshqa QQSH (qaror qabul qiluvchi shaxs) har doim ham shaharda va hattoki mamlakatda bo‘lmasligi mumkin. Kadrlar bo‘limi mutaxassislari oddiy operatsiyalarni bajarishga ham ko‘p vaqt sarflashardi. Bu kabi vaqt sarflari o‘zini oqlarmidi? Albatta, yo‘q.
Biznes uchun bizning ERPdan foydalansangiz, kompaniya xodimlari orasida ko‘p kanalli o‘zaro munosabat tizimini tashkillashtira olasiz va rahbariyat qarorlarini onlayn rejimida yetkazib turasiz. Qaror qabul qiluvchi shaxs tizimga kirishi va u yoki bu harakat uchun o‘z roziligini tasdiqlashi kifoya. Bunda u dunyoning istagan chekkasida bo‘lishi mumkin.

4. Ish haqi va avanslarni hisoblash.
Smartup HRni joriy qilish tufayli, ish haqi va avans to‘lovlarini hisoblashga sarflanadigan ish vaqti sarflari ham kamaytiriladi. Modulning qo‘shimcha afzalligi, xatolarni kamaytirish hisoblanadi. Chunki bunday amallarni qo‘l rejimida bajarish oqibatida ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yilardi. 

5. Motivatsiya va jarimalar tizimini shakllantirish.
Hech qaysi muvaffaqiyatli kompaniya to‘g‘ri shakllangan motivatsiya tizimisiz mavjud bo‘la olmaydi. Ishga kechikib kelish yoki ishni o‘z vaqtida bajarmaslik uchun belgilanadigan jarimalar bilan ahvol ham xuddi shunday. 
Smartup HR tufayli, motivatsiya va jarimalarning mutlaqo shaffof tizimini shakllantirish va joriy qilish juda kam vaqtni oladi. Ushbu vazifadan foydalanish nafaqat alohida har bir xodimning ish unumdorligi darajasini kuzatish imkonini beradi, balki rag‘batlantiruvchi mukofotlarni berish yoki jarimalarni ushlab qolishni avtomatik rejimda amalga oshirishga ko‘maklashadi.

6. Vaqt va mablag‘ni minimal tarzda yo‘qotish orqali kadrlarni tezkor o‘qitish.
Smartup HR doirasida hodimlarni o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun ajratiladigan vaqt hisobi, shuningdek testdan o‘tkazish va attestatsiya tizimini shakllantirishni rejalashtirish imkoniyati mavjud.

Smartup HR ishi sxemasi
Smartup HR tizimi kompaniya rahbari va HR direktoriga kompaniyaning butun tuzilishi, ishchilar bilan barcha o‘zaro hisob-kitoblar va kadrlar bo‘limidagi joriy vaziyatni ko‘rishga imkon beradi. HR menejerning ham o‘z navbatida ishchilar hisobini yuritishi yengillashadi, attestatsiya o‘tkazish va nomzodlarni tanlab olishda qiyichilik sezmaydi.

Smartup HR ERP sozlamasi: yana nimani bilish kerak?

Har bir biznes o‘ziga xos alohida xususiyatlarga ega ekanligini juda yaxshi anglaymiz. Shuning uchun kompaniyamiz avtomatlashtirish tizimidan ko‘ra kattaroq imkoniyatni taklif qilishga tayyor. 

Smartup HR imkoniyatlari maksimal darajada moslashuvchandir. Mazkur xususiyati uning har qanday kompaniya extiyojlariga moslashishini optimallashtirishga imkon beradi – kichikroq XKdan tortib, yirik korporatsiyagacha. Moslashuv jarayoni qo‘shimcha modullarni joriy qilish yordamida amalga oshiriladi.

Dasturiy ta’minot to‘plamining qo‘shimcha afzalligi uni joriy qilishning tezkorligi hisoblanadi. U 5-7 kunni tashkil etadi va kompaniya asosiy faoliyatida tanaffus hosil qilmasdan amalga oshiriladi. Bu degani, bizga ishonch bildirib, kompaniyangiz avvalgi tartibda ishlashda davom etaveradi, bir hafta o‘tib esa – uning oldida Smartup HR ochgan yangi imkoniyatlardan foydalanishni boshlaydi!

Kompaniyamiz faoliyatining asosiy yo‘nalishi Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va MDHning butun hududida biznesni avtomatlashtirishdan iborat. Muvaffaqiyatli joriy qilingan ishlanmalar to‘plamida savdo kompaniyalari, tibbiy muassasalar va farmatsevtik kompaniyalar uchun kompleks yechimlar topiladi.

Mahsulotlarimiz haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lmoqchimisiz? Hoziroq qo‘ng‘iroq qiling, aks holda raqobatchilaringiz buni sizdan birinchi uddalashadi!