• +998 99 8180809
  • +998 90 3517261
  • +998 99 8180809
  • +998 90 3517261

Ommaviy iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarish va uning savdosiga ixtisoslashtirilgan korxonalarga biznesni avtomatlashtirish kerakmi? Agar sizning kompaniyangiz shu kabi mahsulotlar sanoati va savdosiga ixtisoslashtirilgan bo‘lsa, mazkur sohada mavjud muammolar bilan duch kelgan bo‘lsangiz kerak. Qanday muammolar sizni qiynagan? Bu haqda quyida ko‘rib chiqamiz!

FMCG ishlab chiqaruvchilari va distribyutorlarining asosiy muammolari

  • Hisobot hujjatlarini shakllantirishning murakkabligi. Ushbu vaziyat bu kabi kompaniyalar faoliyatining yuqori o‘ziga xosligi bilan tushuntiriladi. Mazkur fikr nafaqat ishlab chiqaruvchilar, balki distribyutorlar uchun ham dolzarb. Har bir vaziyatda biznes jarayonlari xususiyatlari turlicha bo‘ladi, ya’ni mahsulot turiga bog‘liq.
  • Mahsulotlar bozorini o‘zlashtirishning qiyinligi. Garchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molchilar bozori keng bo‘lgani bilan, distribyutorlar, sheriklar va ulgurji xaridorlar doirasi odatda cheklangan bo‘ladi, degan fikrga qo‘shilasizmi?
  • Ma’lumotlar maxfiyligi va 100%lik butligi.
  • Xodimlarni boshqarishning kompleks, unumli tizimini ishlab chiqishKompaniyangizda qanchalik aqlli mutaxassislar yoki hattoki butun bir bo‘lim ishlamasin, xodimlar ishining maksimal samaradorligiga faqat biznesni avtomatlashtirish orqali erishish mumkin!

Qanday qilib biznes jarayonlarini to‘g‘ri avtomatlashtirish va foydani ko‘paytirish mumkin?

Asosiy faoliyati quyidagilar hisoblangan kompaniyalar uchun maxsus:

  • turli keng qo‘llanishdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish;
  • yoki yuqorida sanab o‘tilgan mahsulotlarni sotish,

kompleks yechimlarni yaratdik, ular yuqorida ko‘rsatilgan va boshqa muammolarni yechishga yordam beradi.

Biz sizga SMARTUP dasturiy ta’minot to‘plamlari qatori bilan tanishishni taklif qilamiz. Ammo ataylab siz uchun noyob yechimni yaratdik, u esa quyida sanab o‘tadigan vazifalarni yechishga imkon beradi.

SMARTUP CRM tizimi: biz aynan nimani taklif qilamiz?

  1. Kompaniyangiz savdosini 100% avtomatlashtirish. Bizning ERP tizimimizdan foydalangan holda, siz ma’lum bir davr uchun qancha mahsulot sotilgani haqidagi ma’lumot bilan cheklanib qolmaysiz. Dasturiy ta’minot to‘plami shuningdek, savdo haqidagi ma’lumotlarni detallashda yordam beradi. Endi siz qay bir agentlaringiz hammadan yaxshi ishlayapti, kimga qo‘shimcha motivatsiya kerak, kimni unumliroq xodim bilan almashtirish kerakligini aniq bilib olasiz.
  2. Mijozlar bazasiga yangicha qarash. Savdoingiz hajmini ko‘paytirmoqchimisiz? Bu borada ham sizga Smartup Trade dasturiy ta’minot yechimi qo‘l keladi. Uning yordamida siz mijozlaringiz haqida barcha ma’lumotlarni yig‘ishingiz, sizdan kim, qachon va nimani xarid qilganini bilib olishingiz, kim ko‘proq xarid qilyapti va mijozlaringiz qayerdan kelayotganini aniqlashingiz mumkin. Haqiqiy xaridoringiz portretini tuzing va qanday qilib ko‘proq savdo qilishni belgilang!
  3. Ma’lumotlarni himoya qilish. FBNT joriy qilingandan keyin, har bir xodim unga ishonilgan ma’lumotgagina kirishi mumkin. Bir vaqtning o‘zida, rahbar har qanday daqiqada o‘zini qiziqtiradigan 100% axborotga ega bo‘ladi. Eng muhimi – buni xizmat safarida bo‘la turib yoki uyda o‘tirmasdan ham amalga oshirsa bo‘ladi.
  4. HR muammolar yechimi. Korxonaning biznes jarayonlarini avtomatlashtira turib, siz ofis va ko‘chma agentlar ishini butunlay nazorat qilishingiz, vazifalarni shakllantirish va taqsimlashingiz, ishchilarni motivatsiya qilishingiz mumkin.
  5. Omborxonadan xaridorga, yetkazib beruvchidan kompaniyangizga, shuningdek, bo‘linmalar va xodimlar orasida TMB harakatlanishini hisobga olish.
  6. Hisobotlar va boshqa hujjatlarning avtomatik shakllanishi.

Savdoni ko‘paytirmoqchimisiz?

Foydani ko‘paytirish uchun sizga Shopper moduli yordam beradi!

Undan foydalangan holda, siz mahsulotlaringizni sotish uchun buyurtmani tezkor ravishda qabul qilishingiz mumkin. Bunda sotib olingan mahsulotlar hajmi alohida ahamiyatga ega emas. Shopper katta do‘konlar bilan birga, supermarketlarning yirik tarmoqlari uchun ham yo‘naltirilgan.

Shunchaki talabnomani qabul qiling va xaridoringizga buyurtmani jo‘nating – bundan osoni bormi?

 Nima uchun O‘zbekistonda Smartup bilan biznesni avtomatlashtirish qulay?

Biznesni avtomatlashtirish tizimini yarata turib, biz nafaqat ularning vazifalari haqida qayg‘uramiz, balki sizning qulayligingiz haqida ham o‘ylaganmiz. Shuning uchun barcha yechimlarimiz quyidagi afzalliklari bilan ajralib turadi:

  • sozlamalarning moslashuvchanligi;
  • asosiy faoliyatdan uzilmay turib, tezkor joriy qilish orqali (DTni joriy qilish 3-7 kunni tashkil etadi).
  • Foydalanishing soddaligi. Dasturiy ta’minot to‘plamlari interfeysi boshlovchi insonga ham tushunarli.

Sizning yechimlaringiz qanchalik ishonchli? Bu haqda ulardan foydalangan kompaniyalar fikrlarini o‘rgangan holda aniq xulosa qilishingiz mumkin. Biz Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston hududida ko‘plab bizneslarni avtomatlashtirishga ulgurdik va mijozlarimiz geografiyasi uzluksiz kengayib bormoqda!