• +998 99 8180809
  • +998 90 3517261
  • +998 99 8180809
  • +998 90 3517261

Savdoni avtomatlashtirish – bu biznesni rejalashtirish avvalida o‘ylab chiqiladigan jihatdir. U elektronika, maishiy texnika, shuningdek, boshqa mahsulotlarni ishlab chiqaradigan kompaniyalar uchun ham muhimdir.

Ushbu vaziyatda hal qilinishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalar quyidagilardir:

  • sotuvchi va distribyutor orasida aloqa halqasini qisqartirish.
  • mijoz uchun mahsulotlarni tezkor ravishda yetkazib berish imkoniyati;
  • mahsulot qiymatiga qo‘shiladigan xarajatlarni kamaytirish.

Bugun biz biznesingizni optimallashtirish uchun kompleks yechimlarni taklif qilishga tayyormiz. Buning uchun qayerda joylashgan bo‘lishingiz muhim emas. Kompaniyamiz nafaqat O‘zbekiston tadbirkorlari, balki Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston ishbilarmonlari uchun avtomatlashtirish tizimini ishlab chiqishga ixtisosolashtirilgan. Bundan tashqari, Smartup mahsulotlari qatori uzoq xorijiy mamlakatlarda ham katta mashhurlikka erishdi. Ishlanmalarimiz turi doimo to‘ldirib boriladi, bu esa bozorda yetakchi bo‘lib qolishimizga imkon beradi.

Demak, biz aniq nimani taklif qilamiz?

Smartup CRM tizimlari: biznes jarayonlarini 7 kunda kompleks avtomatlashtirish

Savdoni avtomatlashtirish uchun Smartup ERP tizimlari joriy qilinganidan 1 oy o‘tib, kompaniya faoliyatini yanada daromadli qilishga imkon beradi. Joriy qilishning o‘zi va sozlash muddati 7 kundan oshmaydi. So‘ng siz sof foyda ola boshlaysiz.

Buni qanday amalga oshiramiz? Bilish uchun o‘qishda davom eting!

Smartup dasturiy ta’minot to‘plami imkoniyatlari

Bizning biznesni avtomatlashtirish tizimimiz mahsulotingizni mustaqil ravishda sotib beradi demaymiz. Ammo ular savdoni avtomatlashtirish va kompaniyangiz biznes jarayonlarini yangi sifat darajasiga olib chiqishga imkon beradi.

O‘ylab ko‘ring, o‘zingiz va xodimlaringiz har yili qog‘ozli hujjatlar aylanmasiga qancha vaqt, asab va mablag‘larni sarflaysiz? Noto‘g‘ri omborxona hisoboti uchun qancha xarajatlar ketadi? Bizning IT yechimlarimizdan foydalasangiz, bu kabi barcha jarayonlarni avtomatlashtira olasiz va qog‘ozbozlikdan voz kechasiz, ortiqcha pul va vaqtingizni esa korxonangiz rivoji hamda qo‘shimcha daromad olish uchun sarflaysiz. Bundan tashqari, elektron hujjatlar aylanmasini olib borishda, hujjat yuritishda xatolarga yo‘l qo‘yish xavfi pasayadi.

Smartup mijozlar bilan ishlashni osonlashtirishga imkon beradi, bunda u sizning reklama messejlaringizni yanada shaxslarga moslashtiradi. Ya’ni yanada amaliy foyda beradigan qiladi. Axir har bir mijozga aynan u va uning muammolari haqida qayg‘urishingizni bilib turish juda yoqimlidir.

Endi o‘tgan yilda samarasiz agentlarga qancha pul to‘laganingizni bir hisoblab chiqing. Agar ulardan darrov voz kechganingizda, qancha mablag‘ iqtisod qilishingiz mumkin edi? Yoki yanada sifatli darajaga ustalik bilan motivatsiya qilishingiz mumkin edi? Bizning dasturiy ta’minot yechimlaridan foydalangan holda savdoni avtomatlashtirish, xodimlarning ish vaqtini tezkorlik bilan rejalashtirish, samarali motivatsiya tizimini yaratish va har bir bo‘lim yoki ishchi nechog‘li samarali ishlashini tushunishga yordam beradi.

Biz shuningdek, samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblash imkoniyatini ham nazarda tutganmiz. Bunda atigi 1 dona dasturiy ta’minot to‘plamidan foydalangan holda, kompaniyangizning butun filiallar tarmog‘ini nazorat qila olasiz.

Tizimlarimiz HR masalalarini yechishga ham yordam beradi. Dasturiy ta’minot to‘plami avtomatik tarzda ish vaqtini hisoblash va nazorat qilishni bajaradi, mukofot va jarimalar tizimini yaratishga yordam beradi, shuningdek, kadrlar hisobining boshqa ko‘plab jihatlarini ham avtomatlashtirishga imkon beradi.

Yetkazib beruvchilar bilan aloqa-chi? Ular haqida unutib qo‘yganimiz yo‘q!

Bizning Trade tizimimizda joriy etilgan Shopper moduli yordamida, siz mahsulotlarni yetkazib berish uchun buyurtmalarni shundoqqina ishlab chiqaruvchi yoki rasmiy distribyutor ofisidan turib rasmiylashtirishingiz mumkin. Ya’ni endi kerakli mahsulotlarni vositachilarsiz va ortiqcha ustama narxlarsiz sotib olish ancha oson bo‘ldi!

Aytgancha, mazkur yechim ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlarga mijozlar bazasini kengaytirish, buyurtmalarga ishlov berish tezligini oshirish va barcha amalga oshirilgan to‘lovlarni real vaqt rejimida kuzatish imkonini beradi.

Mahsulotlarimiz va taklif etilayotgan imkoniyatlarimiz haqida ko‘proq bilmoqchimisiz? Unda hoziroq qo‘ng‘iroq qiling yoki Smartup – HR, Trade va boshqa dasturiy ta’minot yechimlarining DEMO-turlarini tomosha qiling.

Smartup: savdoni avtomatlashtirish – biznesingiz muvaffaqiyati garovidir!