• +998 99 8180809
  • +998 90 3517261
  • +998 99 8180809
  • +998 90 3517261

Chakana va ulgurji savdo

Savdoni (ulgurji va chakana) avtomatlashtirish korxonada dasturiy ta’minot yechimlarini joriy qilishni namoyon etadi. To‘g‘ri tanlangan CRM tizimi quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi:

- kompaniya xarajatlarini kamaytiradi;

- xodimlarni yanada unumli va sifatli ishga boshlaydi;

- hisobot hujjatlarini tayyorlashda xatolar va kamomad xavfini minimallashtiradi;

- mijozlar sonini ko‘paytiradi;

- shuningdek, yana boshqa ko‘plab vazifalarni yechib beradi.

Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, ERP tizimini har bir kompaniya ham to‘g‘ri tanlay olmaydi. Hattoki shu kabi yechimlar ishlanmasiga ixtisoslashgan har bir korxona ham buni birdek uddalashi qiyin. Buning qiyinchiligi har bir alohida savdo kompaniyasi ishining yuqori darajadagi o‘ziga xosligi bilan tushuntiriladi. Shuningdek, bugun mavjud 90% biznesni avtomatlashtirish tizimlari zaruriy moslashuvchanlik bilan ajralib turmaydi.

Ulgurji va chakana savdoni avtomatlashtirish uchun tizimni tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?

DTni tanlayotganda, biznesingizning barcha xususiyatlari, shuningdek, tayyor dasturiy ta’minotdagi o‘zgarish imkoniyatini ham inobatga olish darkor. Sodda qilib aytganda, u yetarli darajada moslashuvchan bo‘lishi kerak.

Korxonaning o‘ziga xos xususiyati haqida gapirganda, uning tuzilishi, savdo turi (ulgurji, chakana), asosiy vazifalari, xodimlar ishining xususiyatlari va boshqa tomonlarni ham inobatga olish kerak. Undan tashqari, sizga biznes jarayonlarini avtomatlashtirish tizimini taklif qilayotgan yetkazib beruvchi kompaniya nafaqat uni joriy qilish bilan, balki kelgusida tizim bilan ishlaydigan ishchilarni o‘qitishni ham amalga oshirishiga ishonch hosil qilishingiz kerak. Aslida, dasturiy ta’minotni joriy qilish va sozlash kompaniyaning asosiy ishida hech qanday tanaffuslarsiz amalga oshirilishi kerak, axir tanaffuslar va to‘xtashlar buyurtmachi kompaniya uchun ortiqcha chiqimlar demakdir.

SMARTUP: savdoni avtomatlashtirish uchun mahsulotlarimizni qanday yaratamiz?

Sohaviy yechimlarni ishlab chiqishda, biz ulgurji va chakana savdo sohasida ham savdoni avtomatlashtirish uchun dasturiy ta’minot to‘plamini yaratdik. Taklif qilinayotgan dasturlarning qatori quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:

- sozlamalar moslashuvchanligi va turli modullarni qo‘shish yo‘li orqali to‘ldirish imkoniyati;

- o‘rnatish tezligi – joriy qilish va ishga tushirish jarayoni 3-7 ish kunini tashkil qiladi;

- asosiy faoliyatdan uzilmay turib joriy qilish imkoniyati – biz bilan tanaffuslarsiz ishlashingiz mumkin;

- xavfsizlik – har bir yechim ko‘p darajali nazorat tizimidan foydalanish imkoniyati bilan ta’minlangan. Bunda har bir xodim o‘z vazifasi doirasida ruxsat etilgan ma’lumotlardan foydalanishi mumkin. Kompaniya rahbari esa barcha ma’lumotlarga ega bo‘ladi.

Avtomatlashtirish tizimini sozlash va ishga tushirishdan so‘ng, biz xodimlarni u bilan ishlashni o‘rgatamiz. Savollar yoki muammolar tug‘ildimi? O‘z vaqtida texnik yordamni taqdim etamiz.

O‘zbekistonda biznesni avtomatlashtirish qanday muammolarni hal qiladi?

Bizning dasturiy ta’minot mahsulotlarimizdan foydalanib, siz nafaqat ko‘proq sotishga muvaffaq bo‘lasiz, balki mijozlaringizga sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish darajasini oshirishingiz ham mumkin. Ulgurji va chakana savdoda bitim yopilganidan keyin xaridorga mukammal xizmat ko‘rsatish juda muhim. Shu tariqa siz nafaqat uni kompaniyangizga bog‘lab qo‘yasiz, balki bir martalik mijozni doimiysiga aylantirishingiz ham mumkin. Bundan tashqari, u do‘stlari va qarindoshlarini faqat sizning kompaniyangizga yuboradi.

Siz qayerdan va nima uchun mijozlar oldingizga kelishini, sizga kimlar ko‘proq murojaat qilishini, kim ko‘proq xarid qiladi va nima uchun mahsulot qaytarib berilganini aniq bilib turasiz. Bu kabi ma’lumotlar sizga asosiy xaridoringizni yaxshiroq bilib olishga imkon beradi va kompaniya ishida nimalarni o‘zgartirish kerakligini aniqlab beradi.

Siz uchun o‘z xodimlaringiz bilan yetkazib beruvchilar ishini ham muvofiqlashtirish osonlashadi. Mijozlar bazasiga nisbatan ham xuddi shunday ish tutish mumkin. Tizim vositalari va vazifalaridan foydalanib, o‘z logistik halqangizni osonlik bilan nazorat qila olasiz. Moddiy-texnik ta’minotdan tortib, shartnomalar va operatsiyalarni boshqarishgacha.

Ishlanmalarimizdan foydalangan holda, hisob, xodimlar motivatsiyasi va ularni nazorat qilish  tizimlarini ortiqcha urinishlarsiz yaratish mumkin. Siz nafaqat ofis xodimlarini nazorat qilishingiz va saralashingiz, balki mobil savdo agentlarini ham, ularning harakatlari hamda ish natijalarini kuzatish orqali boshqarishingiz mumkin.

Biz nafaqat O‘zbekiston hududida joylashgan kompaniyalar bilan, balki Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistonda faoliyat yuritadigan korxonalar bilan ham birga ishlaymiz.

Taklif etilayotgan yechimlar bilan tanishish uchun, saytimizga joylashtirilgan talabnomani to‘ldiring yoki bizga qo‘ng‘iroq qiling. Va’da beramiz – biznesingizni optimallashtirish uchun taklif qilgani mahsulotimiz albatta topiladi!

SMARTUP: bozor yetakchilari uchun kompleks yechimlar!