Keyslar

Smartup tufayli chakana savdo hududining 100% ga qamrab olinishi

UNITED DISTRIBUTION - bu KOLBERG GROUP ko'p tarmoqli kompaniyalar guruhiga kiruvchi, iste'mol tovarlarini tarqatishga yo'naltirilgan kompaniya. Ko'p yillar davomida kompaniya Bella, Ушастый Нянь, Чистин, Deonica, Symphony va boshqa ko'plab brendlarning rasmiy distribyutori bo'lib kelgan.
KOLBERG GROUP - O‘zbekistondagi eng yirik xoldinglardan biri bo‘lib, uning faoliyatiga Bellstore kosmetika do‘konlari tarmog‘i, United Distribution kompaniyasi, NeurOn tibbiyot markazi, HOME+ va HOME Spot do‘konlar tarmog‘i hamda Lemon Fit fitnes klubi kiradi.
Biznes ko'lami: O'zbekiston bozorida 26 yillik muvaffaqiyatli faoliyat, 9 ta hududiy filial va 450 dan ortiq sodiq xodimlar.
Vazifalar:
1. Buyurtmalarni qabul qilishni avtomatlashtirish
2. Hisob-kitob jarayonlarini optimallashtirish
3. Savdo vakillari ishini monitoring qilish tizimini joriy etish
4. Savdo vakillari tomonidan topshiriq bajarilishini nazorat qilish imkoniyati
5. Aktsiyalarni boshqarish yagona tizimini yaratish va ularning samaradorligini tahlil qilish
6. Savdo maydonini qamrab olish to'g'risida ma'lumot olish imkoniyati
7. Bozor ma'lumotlarini to'plash va tahlil qilish
Smartupdan yechim:
1. Buyurtmalarni qabul qilishni avtomatlashtirish uchun mobil ilova tadbiq etildi
2. Buyurtma berish uchun qadamlar soni kamaytirildi
3. Savdo vakillarining harakatlarini kuzatish, yo’nalishlarni rejalashtirish va chakana savdo nuqtalarining tashrifini tahlil qilish uchun GPS kuzatuvidan foydalanish
4. Vazifalarni belgilash va monitoring qilish tizimi, topshiriq bajarilishini kuzatish
5. Marketing kampaniyalarini yaratish va rejalashtirish va kampaniyaning samaradorligini baholash vositasini tadbiq etish
6. Savdo vakillarining ishini monitoring qilish tizimi, "o'lik zonalar" va samarasiz yo’nalishlarni aniqlash imkoniyati
7. Raqobat tahlili vositasidan foydalanish
Natijalar:
100% hudud qamrab olindi
Savdo vakillari tomonidan huquqbuzarliklarni qayd etish 35 % ga oshishi
Savdo rejasini bajarish ko'rsatkichlarini 25% ga oshirish
Mijozlarga xizmat ko'rsatish sifatini 23% yaxshilanishi
Yo’nalishlarni optimallashtirish va savdo vakillarining samaradorligini oshirish hisobiga kompaniya xarajatlarini 18 % ga kamayishi