Yangilanishlar

Yangilash 20 iyun 2023

Hurmatli mijozlar va obunachilar, Smartup sizning biznes jarayonlaringizni avtomatlashtirish va optimallashtirish bo'yicha yordamchingizdir. Ish jarayonlaringizni yanada soddalashtirish uchun Smartup dasturining yangilanishlari bilan tanishing!

1. Pul mablag'larini harakatini kuzatish uchun sozlamalar

"Moliya" modulidagi "Hisob bo’yicha operatsiyalar" bo'limiga qo’shimcha "Tranzaksiyalar" va "Qatorlar" sozlamalari qo’shildi.

Endilikda, Smartup foydalanuvchilari pul mablag’larining oqimlari bo’yicha hisobotlarni Excel hujjati ko’rinishida yuklab olganida turli filtrlarni qo'llashlari mumkin.

2. Yangi shablon yaratish imkoniyati

Mijozimizning real keysi misolida o’rganib chiqamiz.

Avval mijozimizning tashkilotlaridan biri Smartup tizimi orqali ma’lum hajmdagi ma’lum mahsulotni yetkazib berish bo‘yicha so‘rov yuborgan. Mijozimiz o‘z resurslaridan kelib chiqib, mahsulotni filialiga jo‘natgan. Mahsulotlarni qabul qilishda so'ralgan va haqiqatda yetkazib berilgan mahsulotlar soni o'rtasidagi nomuvofiqlik tufayli qiyinchiliklar yuzaga kelgan.

Endi Smartup foydalanuvchilari so‘rov asosida o‘z filiallari o‘rtasida mahsulotlar harakati haqida invoys yaratishi mumkin. Bu so'ralgan va haqiqatda yetkazib berilgan tovarlarning to'g'ri hisobotini yuritish imkonini beradi.

3. Tranzaktsiyalar jadvali takomillashtirildi

Endilikda Smartup foydalanuvchilari tashkilotlar o'rtasidagi pul mablag’rining oqimlari haqidagi ma’lumotlarni birlashtirishga vaqt sarflamaydi, tizim mustaqil ravishda ma’lumotlarni jamlaydi va umumiy miqdor, vazn va yalpi og'irlik kabi ko’rsatkichlarni taqdim etadi.

Avtomatlashtirish mijozlarimizga ma'lumotlarni birlashtirishga sarflangan vaqtni tejash imkonini beradi. Shuningdek, u inson omilining ta'sirini kamaytiradi va hisob-kitoblarda xato qilish xavfini bartaraf qiladi.

4. Hisobotlarda valyutalarning “tartib raqami”

Smartup tizimining "Moliya" modulidagi valyutalarni dasturning foydalanuvchilari o’ziga qulay bo’lgan tartibda o'rnatish imkoniyati qo'shildi. O’rnatilgan sozlamalar moliya bo'limida yaratilgan va bir nechta valyutalarni o'z ichiga olgan barcha hisobotlarga avtomatik ravishda qo'llaniladi.

Shaxsiy sozlamalarni o'rnatish va ustuvor valyutalarni ajratib ko'rsatish imkoniyati hisobotlardagi muhim ko'rsatkichlarga e'tiboringizni qaratish va chora-tadbirlarni ko'rishga yordam beradi.

Eslatib o'tamiz, bular o'zgarishlarning kichik qismidir! Barcha yangilanishilar bilan tanishish uchun to'liq matnni quyidagi havola orqali o’tib o’qishingiz mumkin.

https://helpdesk.greenwhite.uz/ru/article/reliz-ot-200623-d4qejh/#1-optimizaciya-i-ispravlenie-oshibok