Smartup distribyutor samaradorligini qanday oshirdi
2023-07-14 15:58
Sevimli kolbasa brendlaridan birining distribyutori Smartup yordamida distributsiya va hisobot jarayonini soddalashtirganligi haqidagi real voqeaning hikoyasi.
Ilgari kompaniyada distributsiya jarayoni murakkab bo’lgan. Kompaniyaning savdo agentlari mahsulot buyurtmalarini dona o’lchamida to‘ldirishgan. Buyurtma chakana savdo shoxobchalariga kelib tushgach, ekspeditorlar mahsulotlarni o'lchab, qog'oz yukxatini kilogramm o'lchamida to'ldirishgan.
To‘ldirilgan yukxati distribyutor ofisiga qaytarib yuborilgan. Ofisda distribyutorning operatorlari dastlabki buyurtmani qayta rasmiylashtirib, yetkazilgan mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni kilogramm o'lchamida kiritishgan. Ish hajmi kattaligi, hisobotlar murakkabligi va mahsulot buyurtmalarini ular kelib tushgan kunning o’zida yopish zarurati tufayli kompaniya xodimlarining ish kuni uzayib borgan.
Smartup mutaxassislari distribyutorning ushbu keysning optimal yechimini topa olishdi. Integratorlar tomonidan mijozning Smartup sistemasidaikkita "nominal" tashkilot yaratilgan: birinchi tashkilotda buyurtmalar shakllantiriladi va mahsulot hisoboti virtual tarzda olib boriladi, ikkinchitashkilotda mahsulot hisoboti kilogramm o’lchamida olib boriladi va buyurtmalar onlayn tarzda darhol yopiladi.
Endilikda Pre-sell savdo agenti birinchi tashkilotda mahsulotlarga dona o’lchamida buyurtma shakillantirdi. Bir vaqtning o’zida One-sell savdo agenti bo’lgan haydovchi buyurtmani savdo shaxobchasiga yetkazadi, mahsulotlarning og’irligini tarozida o’lchaydi va yukxatni to’ldiradi. Mahsulotlar savdo nuqtasiga yetkazib berilganidan so'ng, One-sell savdo agenti ikkinchi tashkilotda buyurtmani kilogramm o’lchamida yopadi.
Misol
Pre-sell savdo agenti birinchi tashkilotda 10 dona “Yangilik” tovuqlariga buyurtma shakillantirdi.
Bir vaqtning o’zida One-sell savdo agenti bo’lgan haydovchi buyurtmani savdo shaxobchasiga yetkazdi va mahsulotlarning og’irligini tarozida o’lchadi. Yetkazilgan mahsulotlarning asli og'irligi 12 kilogrammni tashkil etdi (har biri 1,2 kilogrammdan 10 ta tovuq). Haydovchi Smartup tizimiga yetkazib berilgan mahsulotlar og‘irligi haqidagi ma’lumotlarni kiritdi va ikkinchi tashkilotda buyurtmani yopdi.
Smartup tizimiga ulanish tufayli distribyutor o'zining biznes jarayonlarini sezilarli darajada optimallashtirdi va mijozlarga xizmat ko'rsatish sifatini yaxshiladi. Endilikda savdo shoxobchalarida buyurtmalar shu kunning o‘zida yopiladi, bu esa buyurtmalarni ko‘rib chiqish vaqtini qisqartiradi va mahsulot yetkazib berishni tezlashtiradi.
Agar siz o'z biznesingiz samaradorligini oshirish istasangiz, Smartupga ulaning. Bizning mutaxassislarimiz tizimimizning barcha imkoniyatlarini ko'rsatib beradi va sizning biznesingiz uchun mos yechimni tanlashga yordam berishadi.