Maqolalar

MML matritsasi nima va u nima uchun?

Savdoga tizimli yondashuv muayyan savdo nuqtalarida mavjud bo'lishi kerak bo'lgan pozitsiyalarni shakllantirish zarurligini taqozo etadi. Bunday to'plamlar assortiment matritsalari deb ataladi (Minimum Must List - majburiy tovarlarning minimal ro'yxati).

MML nima uchun kerak?

Misolda ko'rib chiqamiz. MML-matritsada tish pastasining ikki turi mavjud:

100 grammli tish pastasining narxi 100 so'm

200 grammli tish pastasining narxi 170 so'm

Har biri 100 grmmdan bo’lgan 2 ta tish pastasini sotib 200 so'm daromad olamiz. Yoki bir dona 200 grammli tish pastasini sotib 170 so’m ya'ni 15% kam daromad olamiz.

MML – bu distribyutorning portfelidagi eng daromadli pozitsiyalarning 20 foizini tashkil qiladi. Portfel 200, 300 va hatto 1000 ta pozitsiyadan iborat bo'lsa ham, ularning taxminan 20 tasi MML tashkil qiladi.

MMLning mavjudligi Savdo jamoasiga "lokomotivlar" (katta hajmlarda sotiladigan past marjali SKU) va likvid bo'lmagan aktivlarga emas, balki yuqori marjali pozitsiyalarni sotishga e'tibor qaratish imkonini beradi. Shunday qilib, kompaniya daromadini oshiradi.

Agar MML bajarilmasa yoki noto'g'ri shakllantirilsa, kompaniyaning savdosi yuqori bo'lsa ham, sof foyda o'smaydi. Bundan tashqari, MML etishmasligi savdo nuqtalarida tartibsizlikka olib keladi.

MML qanday shakillanadi?

MML savdo nuqtalarining formatidan kelib chiqgan holda hisoblanishi kerak - ya'ni kichik magazin va gipermarket uchun MML boshqacha bo'ladi. Odatda javon maydonidan va savdo usulidan kelib chiqadi.
Tovar MML matritsasiga qoshilishining asosiy mezonlaridan biri bu mahsulotning marginalligi, chunki uni savdosi yuqori daromat olib keladi. Shuning uchun matritsaga ko’pincha qimmat mahsulotlar kiritiladi.
Matritsani amalga oshirish jarayonini ko'rib chiqamiz:

- Savdo nuqtalarining formatini aniqlash va har biri uchun o'z matritsasini ishlab chiqish

- Har bir format uchun yaratilgan matritsalarni tahlil qilish

- Chakana savdo shoxobchalari xodimlarini rag'batlantirish tizimini ishlab chiqish

- MMLni oshirish rejasini ishlab chiqish

Har oydan yakunida natijalarni tahlil qilish, matritsani takomillashtirish va keyingi oy uchun reja tuzish kerak.

MML uchun kim javobgar?

Kompaniyaning foydasini o'sishidan manfaatdor bo'lgan kishi matritsani yaratish va nazorat qilish uchun javobgardir. Bu nazoratchi, tijorat direktori, kompaniyaning egasi yoki brendning o'zi bo'lishi mumkin.

MMLni qanday nazorat qilish kerak?

Maxsus dasturiy ta'minotsiz MML savdo hisoboti orqali nazorat qilinadi. Ammo bu uslub faqatgina "janjaldan so’ng mushtlarini silkitishni" yoqtiradiganlar uchun to’gri keladi. Ya'ni, natija faqat o'tgan davr hisobotida ko'rinadi va unga ta'sir qilib bo’lmaydi.

Avtomatlashtirish dasturlari savdo vakiliga o'zini o'zi boshqarish imkonini beradi. Ular yordamida savdo vakillari shu erda va hozirgi vaqtda MML tovarlarini buyurtmaning tartibga kiritilishiga ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Dasturlar MMLni amalga oshirish jarayonini avtomatlashtirishga yordam beradi. Savdo vakili buyurtmani shakillantirishni boshlaganida, eng yuqori marjaga ega va sotish kerak bo’lgan mahsulotlarni ko'radi va birinchi o’rinda ularni taklif qiladi - bu moliyaviy natijaga ijobiy ta'sir qiladi.

Agar siz MML matritsalarini amalga oshirish uchun yechim izlayotgan bo'lsangiz, distribyutsiya jarayonlarini avtomatlashtirish uchun Smartup dasturini ko'rib chiqing. MML matritsalarini amalga oshirish va nazorat qilishdan tashqari, Smartgp keng imkoniyatlarga ega - savdo jamoasini boshqarish va savdo marketingidan tortib inventarizatsiyani boshqarish, likvid bo'lmagan mahsulotlar, huquqbuzarlik va muzlatilgan kapitalni yo'q qilishgacha.

Biznesingizni samaradorligi va sof daromatini oshirish uchun biz bilan bog’laning va biz Smartup yordamida qanday qilib biznes jarayonlaringizni soddalashtirish mumkinligini ko‘rsatamiz