Perfect Store (ingliz tilidan "ideal do'kon" deb tarjima qilingan) - bu bir qator asosiy ko'rsatkichlar (KPI) bo'yicha do'kon ish faoliyatini optimallashtirishga qaratilgan chakana savdoni boshqarishning keng qamrovli metodologiyasi.
Raqobat kuchayib borayotgan chakana savdo dunyosida do'konlar xaridorlarni jalb qilish va ushlab turishning yangi usullarini izlamoqda. Perfect Store - bu shaxsiylashtirilgan va unutilmas xarid qilish tajribasini yaratish uchun ilg'or texnologiyalardan foydalanadigan kontseptsiya.
Perfect Store afzalliklari:
Savdolarni ko'paytirish: Perfect Store mahsulotlarni yanada samarali joylashtirishga, ularning ko'rinishini yaxshilashga va impulsni (tezkor xaridlarni) rag'batlantirishga yordam beradi. Iste'molchilarning xulq-atvori ma'lumotlarini tahlil qilish, shuningdek, mahsulotni ilgari surishning yanada samarali strategiyalarini ishlab chiqishga imkon beradi.
Mijozlarning xizmat ko’rsatish sifatining yaxshilanish: mijozlar o'zlariga kerakli narsalarni osongina topishlari mumkin bo'lgan toza va ozoda do'konni qadrlashadi. Perfect Store bunday qulay xarid muhitini yaratishga hissa qo'shadi.
Xodimlarning ish faoliyati samaradorligining oshishi: Aniq standartlar va muntazam treninglar orqali xodimlar yanada uyg'un va samarali ishlaydi.
Va ko’plab boshqasi.
Umuman olganda, Perfect Store joriy qilish muhim raqobat ustunligi bo'lishi mumkin. Ammo shuni yodda tutish kerakki, bu jarayon investitsiya, vaqt, resurslar va xodimlarni o'qitishni talab qiladi.
Standartlarni joriy qilish va nazorat qilish uchun kerak bo'lgan hamma narsa Smartupda mavjud:
tashrif qadamlarini sozlash
foto va video hisobotlar
mahsulot joylashuv jarayonini boshqarishni avtomatlashtirish
BI tahlil
va boshqalar
Smartup yordamida siz planogrammalarning muvofiqligini, qo'shimcha displeylar mavjudligini, mahsulotlar joylashuvi sifatini va boshqa ko'p narsalarni tezda kuzatishingiz mumkin.
Bu chakana savdo nuqtalarini muntazam baholashni malakali va to'g'ri o'tkazish va merchandayzer KPIlarini avtomatik ravishda hisoblash, xatolarni bartaraf etish, savdo samaradorligini oshirish va foydani oshirishga yordam beradi.
Smartup yordamida savdo jarayonlarini avtomatlashtiring va Perfect Store joriy eting.