Maqolalar

Savdo nuqtasiga tashriflar samaradorligini qanday oshirish mumkin

Tashrif - bu savdo vakili tomonidan savdo nuqtasida amalga oshiriladigan harakatlar: mahsulotga buyurtma olish va undagi MML-matritsa mahsulotlar sonini ko'paytirish, shuningdek, savdo hajmini oshirish.

Ushbu raqamlarni ko'paytirish uchun savdo vakillari 10 ta savdo bosqichidan iborat "muvaffaqiyatli tashriflar uchun oltin formula" ga amal qilishlari kerak:

1-qadam. Tashrifga oldidan tayyorgarlik

Savdo vakilining ish kuni tashriflar rejasi va ustuvorliklar bilan tanishish, hamda maqsadlarni belgilashdan boshlanishi kerak.

2-qadam. Savdo nuqtasi tahlil qilish

Savdo nuqtasini tahlil qilish (mahsulotingiz va raqobatchilaringizning mahsulotlari taxlangan javonlarni baholash, reklama materiallarini tekshirish, inventarizatsiya va yaroqlilik muddatini tekshirish) – savdoni oshirishning kalitidir.

3-qadam. Aloqani o'rnatish

Yoki qaror qabul qiluvchi shaxsni mahsulotlar assortimenti va hamkorlik shartlari bilan tanishtirish. Aloqani o'rnatish davomida, savdo vakilining ovozi aniq va baland bo'lishi kerak, ishonchli gapirish va suhbatdoshning reaktsiyasini baholash kerak.

4-qadam. Buyurtma berish

Buyurtma berishda e'tiborga olinadigan omillar:

• o'tgan davrdagi o'rtacha savdo

• davrda reklama yoki reklama faoliyatining mavjudligi

• bayram kunlari mavjudligi

• raqobatchilarning holati

Yuqoridagi barcha qadamlar Smartup dasturida avtomatlashtirilishi va bajarilishi mumkin.

5-qadam. Mijozning ehtiyojlarini ko'rib chiqing

“Yaxshi sotuvchi xaridorning muammosini yechish orqali mahsulotni sotodi”

Savdo vakili mijozning dardini bilishi va uni hal qiladigan yechim taklif qilishi muhim. Mijozning muammolarini hal qilish va biznes jarayonlarini soddalashtirish orqali distribyutor uning ishonchini qozonadi.

6-qadam. Afzalliklar haqida gapiring

Savdo vakilining maqsadi mijozga taklif etilayotgan mahsulotlarning barcha afzalliklari haqida to’lliq ma’lumot berishdir. Mahsulotlarni taqdim etishda savdo vakili turli xil vositalardan foydalanishi kerak: katalog, varaqalar yoki taqdimot.

Smartup dasturida savdo vakili mahsulotlar taqdimotini bevosita mobil ilova orqali amalga oshirishi mumkin.

7-qadam. E'tiroz bilan ishlash

Tashrif davomida, savdo vakili mijozning reaktsiyasini diqqat bilan kuzatishi va rad etish ehtimolini oldindan taxmin qilishi kerak. Va agar muvaffaqiyatsizlik ehtimoli mavjud bo'lsa, e'tirozlarni bartaraf etish texnikasini qo'llashi kerak.

Har holda, suhbatdoshni tinglash, e'tirozning sababini tushunish va vaziyatga yechim topish kerak.

8-qadam. Buyurtmani tasdiqlash

Buyurtma mijoz anniq “xa” javobini berganidan so’ng tasdiqlanadi. Savdo vakili mijozni bu qarorni qabul qilishga olib kelishi va undan rozilik olishi kerak. Ushbu qadam etkazib berish vaqtida mahsulotni savdo nuqtasi tomonidan rad etish ehtimolini oldini olish uchun muhimdir.

9-qadam. Merchandisingni tekshiring

To'g'ri joylashtirilgan mahsulot savdo nuqtasida savdoni sezilarli darajada oshirishi, mijozlar e'tiborini jalb qilishi va vakolatli brend blokini yaratishi mumkin.

Muvaffaqiyatli savdo quyidagilarni o'z ichiga oladi:

● Mahsulotlar old tomoni bilan xaridorga joylashtirilganligi

● To'g'ri narx belgilarining mavjudligi

● Aksiyalar mavjutligi

● Inventarizatsiya

● “Oltin javon”da vakillik

10-qadam. Natijalarni to'liq tahlil qilish

Tashrif natijasidagi tahlil keyingi tashriflar samaradorligini oshirish, savdoni oshirish va javonlarni popular mahsulotlar bilan to'ldirish uchun zarur:

- OOS (mahsulot zaxirada mavjut emas) tovarlarni solishtirish

- DMP ni sozlash

- Raqobatchilarning vakilligini tekshish

- Nuqtadagi tartibni oshirish imkoniyatini tahlil qilish

Har bir mijoz bilan hamkorlik individual bo'lishiga qaramay, ularning umumiy xususiyatlarni aniqlash va tahlil natijalariga ko'ra muvaffaqiyatli savdo strategiyasini yaratish mumkin.

Smartup yordamida tashrif jarayonini avtomatlashtirishingiz mumkin: tashrif bosqichlarni belgilash, savdo vakillari uchun nazorat bosqichlarini yaratish, marshrutlarni optimallashtirish va boshqalar. Natijada siz savdoni boshqarish samaradorligini oshirishingiz va daromadni oshirishingiz mumkin.

Biznesingizni samaradorligi va sof daromatini oshirish uchun biz bilan bog’laning va biz Smartup yordamida qanday qilib biznes jarayonlaringizni soddalashtirish mumkinligini ko‘rsatamiz.