Biznes dunyosida samarali savdo ikkita asosiy ko'rsatkich bilan o'lchanadi: marja va ustama. Garchi bu atamalar o'xshash bo'lib tuyulsa ham, ular tushunish uchun muhim bo'lgan asosiy farqlarga ega.
Ushbu maqolada biz quyidagilarni ko'rib chiqamiz:
Marja va ustama o'rtasidagi farq nimadan iborat.
Qaysi ko'rsatkichni kuzatishingiz kerak: marjami yoki ustamami, yoki ikkalasini ham?
Ustama nima va uni qanday hisoblash kerak?
Ushbu nuanslarni tushunish sizning biznesingiz foydaliligini oshirish uchun ko'proq asosli qarorlar qabul qilishga yordam beradi. Marja va ustama - bu tovarlar yoki xizmatlarni sotishdan olingan foydani o'lchashning ikki xil usuli. Marja har bir sotishdan olingan foyda foizini ko'rsatadi. U foydaning daromadga nisbati sifatida hisoblanadi. O’z navbatida ustama - bu sotish narxiga erishish uchun mahsulot narxiga qo'shadigan foizli o'sish.
Oddiy qilib aytganda:
Marja - bu har bir sotuvdan oladiganingiz.
Ustama - bu narxga qo'shadiganingiz.
Buni esda tutish muxim:
Marja har doim 100% dan kam bo'ladi, chunki u daromad ulushini aks ettiradi.
Xarajatga qiymatdan ko'proq qo'shsangiz, ustama 100% dan ortiq bo'lishi mumkin.
Qaysi ko'rsatkichni kuzatish kerak?
Marja va ustama o'rtasidagi tanlov sizning maqsadlaringizga bog'liq:
Agar sizni quydagilar qiziqtirsa:
Umumiy biznes rentabelligi: marjadan foydalaning.
Muayyan mahsulotning samaradorligini baholash: marjadan foydalaning.
Raqobatchilar bilan narxlarni solishtirish: ustamadan foydalaning.
Agar siz uchun muhim bo'lsa:
Har bir savdodan qancha foyda olishingizni tushunish: marjadan foydalaning.
Mahsulotni qanchalik foydali sotayotganingizni aniqlash: ustamadan foydalaning.
Umuman olganda, ikkala ko'rsatkichni kuzatish sizning daromadliligingiz haqida to'liqroq tasavvurga ega bo'lish imkonini beradi.
Eslab qoling:
Marja va ustama - bir-birini to'ldiruvchi ko'rsatkichlardir.
Ikkala ko'rsatkichni tahlil qilish sizga foydani oshirishga qaratilgan yanada samarali qarorlar qabul qilish imkonini beradi.
Marja va marjinallik: farq nimada?
Marja va marjinallik biznesda savdo ko'rsatkichlarini o'lchash uchun tez-tez ishlatiladigan ikkita atamadir. Ular bir-biriga o'xshash bo'lsa-da, ular orasida asosiy farq bor – bu o'lchov birliklari.
Formulalar:
Marja (yoki marjinal daromadi): Daromad - O'zgaruvchan xarajatlar
Marjinallik: Marjinal daromad / Daromad * 100%
Oddiy qilib aytganda:
Marja - so'm, dollar yoki boshqa valyutalarda ifodalangan mutlaq qiymat. Bu o'zgaruvchan xarajatlarni olib tashlaganingizdan keyin qancha pul ishlab topganingizni ko'rsatadi.
Marjinallik - o'zgaruvchan xarajatlar hisoblab chiqarilganidan keyin qolgan daromadning foizi. U mahsulot yoki xizmatni qanchalik samarali sotishingizni ko'rsatadi.
Misol:
Aytaylik, siz mahsulotni 1000 so'mga sotdingiz, uni ishlab chiqarish uchun sarflangan o'zgaruvchan xarajatlari 600 so'mni tashkil etdi.
Marjangiz 400 so'm (100 - 60) bo'ladi.
Sizning marjinalligingiz 40% (40/100 * 100) bo'ladi.
Shunday qilib:
Marja - sotishdan olingan foydaning aniq miqdori.
Marjinallik - o'zgaruvchan xarajatlar olib tashlanganidan keyin qolgan daromadning foizi.
Marjinallik 100% dan ortiq bo'lishi mumkin emas, lekin salbiy bo'lishi mumkin
Shuni ta'kidlash muhim:
So'zlashuv nutqida "marja" va "marjinallik" atamalari ko'pincha aynan marjinallikni, ya'ni foiz nisbatini anglatadi.
Marja, marjinallik va marjinal daromad o'zaro bog'liq ko'rsatkichlardir, ammo ular sinonim emas.
Endilikda siz marja va marjinallik o'rtasidagi farqni tushunganingizdan so'ng, savdo ko'rsatkichlarini aniqroq o'lchashingiz mumkin.
Marjinallik zararsizlik nuqtasini hisoblashda ham qo'llaniladi. Mana hisoblash formulasi:
ZSN (zararsizlanish nuqtasi) = Doimiy xarajatlar / Marjinallik * 100%
Agar siz ZSNni bustama narx orqali hisoblasangiz, unda qo'shimcha matematik hisob-kitoblarni bajarishingizga to’g’ri keladi: ustamani marjinallikdan chiqarib olish. Shuning uchun marjinallikdan foydalanish osonroq va tezroq.
Endi ustama va uni qanday hisoblashni batafsil ko'rib chiqamiz
Ustama - bu mahsulotning sotish bahosi uning tannarxi necha foizga oshganligini ko'rsatadigan iqtisodiy ko'rsatkich.
Oddiy qilib aytganda:
Ustama - bu mahsulotni sotishdan kerakli foydani olish uchun qilgan xarid narxiga qo'shimcha.
Ustama ko'pincha foizda ifodalanadi.
Misol uchun:
Agar siz mahsulotni 1000 so'mga sotib olgan bo'lsangiz va uni 1500 so'mga sotgan bo'lsangiz, unda ustamangiz 50% bo'ladi.
Nima uchun ustamani bilishingiz kerak?
Daromadlilikni baholash:
Muayyan mahsulotni sotish qanchalik foydali ekanligini tushunishga yordam beradi.
Turli mahsulotlarning rentabelligini solishtirish imkonini beradi.
Narxni shakllantirish:
Istalgan daromad darajasini ta'minlaydigan sotish narxini belgilash uchun foydalaniladi.
Agar narxlar yetarli foyda keltirmasa, ularni tahrirlashga yordam beradi.
Xaridlarni tahlil qilish:
Yetkazib beruvchilardan qanchalik raqobatbardosh narxlarni olishingizni baholash imkonini beradi.
Yanada foydaliroq yetkazib beruvchilarni topishga yoki sotib olish shartlarini qayta ko'rib chiqishga yordam beradi.
Ustamani hisoblash formulasi: Ustama = (Sotuv narxi – Tannarx) / Tannarx* 100%
Ustama ijara, ish haqi va shu kabi qat'iy xarajatlarni hisobga olmaydi.
Korxonaning rentabelligini har tomonlama baholash uchun nafaqat ustamani, balki marjani, marjinallikni va boshqa moliyaviy ko'rsatkichlarni ham hisoblash kerak.
Ustamani tushunish sizning biznesingiz foydasini boshqarish uchun qimmatli vositadir.
Xaridlaringizni tahlil qilish, narxlarni optimallashtirish va rentabellikni oshirish uchun ushbu formuladan foydalaning.
Yana nimalarga e'tibor berish kerak:
Ustama belgilangan yoki foizli bo'lishi mumkin.
Belgilangan ustama mahsulot tannarxiga aniq miqdor shaklida qo'shiladi.
Foizli ustama tovarning tannarxiga nisbatan hisoblanadi.
Turli biznes sohalarida o'rtacha uastama juda farqlanishi mumkin.
Ustamalarni solishtirish faqat bitta toifadagi tovarlar yoki xizmatlar doirasida mantiqiy bo'ladi.
Boshqa moliyaviy ko'rsatkichlar bilan birgalikda ustamani tahlil qilish sizning biznesingiz rentabelligini oshirish uchun asosli qarorlar qabul qilishingizga yordam beradi.
Bir oz sehr qo’shsak
Ustamani marjinallikdan, marjinallikni esa ustamadan hisoblab chiqarish mumkin. Ularning nisbati har doim bir xil bo'ladi. Bu ustamaning ma'lum darajasi har doim bir xil marjinallik darajasiga to'g'ri kelishini anglatadi:
33,3% marjinallikka har doim 50% ustamaga to'g'ri keladi
50% marjinallikkka har doim 100% ustamaga to'g'ri keladi
80% marjinallikka har doim 400% ustamaga to'g'ri keladi
Ustama = marjinallik / (100 - marginallik)
Marjinallik = Ustama / (100 + ustama)
Marjinallik va ustama taxminan bir xil narsadir. Bular bir-biriga bog'langan ikkita tushunchadir. Farqi faqat yondashuvda. Marjinallik sotish narxiga nisbatan, ustama esa o'zgaruvchan xarajatlarga nisbatan hisoblanadi.
Katta savdo hajmlari va tovarlarning keng assortimenti (SKU) bilan ishlashda sifatli ma'lumotlarni tahlil qilish va savdo ko'rsatkichlarini baholash avtomatlashtirishsiz deyarli mumkin bo'lmagan vazifalarga aylanadi.
Yaxshiyamki, bugungi kunda O‘zbekiston bozorida savdoni avtomatlashtirish bo‘yicha ilg‘or mahalliy yechimlar taklif etilmoqda.
Ushbu tizimlar nafaqat har qanday zarur bo'limlar bo'yicha sotuvlarni chuqur tahlil qilish imkonini beradi, balki joriy ma'lumotlar asosida tezkor qarorlar qabul qilishga yordam beradi.