Maqolalar

Raqamli markirovka tizimi haqida bilishingiz kerak bo’lgan muhim ma’lumotlar

Raqamli markirovka tizimi bu nima va nima uchun korxonalar uni joriy etishi kerak?

Mahsulotlarni raqamli markirovkalash - bu mahsulotning savdo aylanishini kuzatishda yordam beradigan chora-tadbirlar majmui. O‘zbekistonda hozirda tamaki, dori-darmon, maishiy texnika, shuningdek, spirtli ichimliklar va pivo kabi mahsulotlar majburiy markirovkalanishi shart. Ushbu mahsulotlarning savdosini amalga oshiruvchi distribyutorlar markirovkalash jarayonining to’g’riligini ta’minlash uchun javobgardir.

Raqamli markirovkalash mahsulot qadoqlashda maxsus va noyob DataMatrix - kodini qo’llash orqali amalga oshiriladi. Ushbu kod tovarning haqiqiyligi va sifatini kafolatlaydi. DataMatrix - kod to’rtburchak shaklidagi noyob ikki o’lchovli kod bo’lib, mahsuloyning har qanday sirtiga oson qo’llanadi. Kod uch qismdan iborat:
1. Milliy katalogida mahsulotni identifikatsiya qiluvchi GTIN yoki mahsulot kodi

2. Har bir DataMatrix - kodining noyobligini ta’minlovchi seriya raqami

3. Kodning haqiqiyligini tasdiqlovchi kod yoki kripto-quyruq (ASL BELGISI tomonidan yaratiladi)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi 737-sonli “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to’g’risida”gi qonuniga ko’ra 4 ta toifadagi tovarlarni majburiy markirovkalash joriy etildi. Biroq, kelgusida markirovkalash kerak bo’lgan tovarlar ro’yxati kengaytiriladi.

Raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to’g’risidagi qonun quyidagilarni tartibga soladi:

- Noqonuniy tovarlarni olib kirish va savdosini nazorat qilish.

- Qonuniy biznesning daromadlari va raqobatbardoshligini oshirish.

- Bozorni yanada shaffof qilish va tovarlarning haqiqiyligini nazorat qilish.

- Huquqbuzarliklarni kuzatish va aniqlash. Markirovkalash tufayli nazorat organlari tovarlar harakatining butun zanjirini kuzatishi va javobgar shaxslarni aniqlashi mumkin.

- Xaridorlarga qonuniy va sifatli tovarlarni sotish orqali iste’molchilarni himoya qilish.

- Omborlarni boshqarish tizimini takomillashtirish.

Raqamli markirovka tizimining asosiy maqsadi kontrafakt tovarlarini bozorda paydo bo’lishini oldini olishdir.

Raqamli markirovkalash tovar ishlab chiqarilishidan boshlab iste’molchigacha bo’lgan harakatlanishining har bir bosqichida kodni belgilash orqali nazorat qilinadi. Nazorat ASL BELGISI tizimi - Mahsulotlarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi yordamida amalga oshiriladi.

Ushbu tizim davlat - xususiy sheriklik doirasida yaratilgan. “CRPT TURON” kompaniyasi tizimni yaratish, ishlatish va rivojlantirish uchun mas’ul bo’lgan xususiy hamkor hisoblanadi. Davlat soliq qo’mitasi va Vazirlar Mahkamasi tizimni huquqiy tartibga solish uchun mas’ul bo’lgan davlat hamkorlari hisoblanadi.

"CRPT TURON" kompaniyasi mahsulotni markirovkalashning har bir bosqichida ishtirok etadi:
1. Ishlab chiqaruvchiga kodlarni berish va to’g'ri qo’llanilishini nazorat qilish

2. Agregatsiyani nazorat qilish - yuklarni tashish uchun qadoqlash

3. Elektron faktura orqali hujjatlarni tasdiqlash

4. Tovarlarni distribyutorga topshirilganligini belgilash

5. Chakana savdo nuqtasida tovarlarning yaroqlilik muddatini kuzatib borish

6. Iste’molchi uchun maxsus ilova orqali tovarning haqiqiyligini tasdiqlash

Smartup tizimida markirovkalashni to’liq jarayonini boshqarish va kuzatishga yordam beruvchi modul mavjud. Modulning funksionali bilan tanishish uchun mahsulot taqdimotiga yoziling. Smartup nafaqat korxonangizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni markirovkalash, balki avtomatlashtirish orqali biznes jarayonlaringiz samaradorligini oshirishda yordam beradi.