Maqolalar

Telegram-bot yordamida distribyutsiya samaradorligini oshiring

Siz mahsulotlar ishlab chiqaruvchisi yoki distribyutorisiz va biznesingizni keyingi bosqichga olib chiqmoqchimisiz?

Biz yangi Smartup moduli – Telegram-botni taqdim etishdan mamnunmiz, bu distribyutor va chakana savdo shoxobchasi o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga yordam beradi va buning natijasida ikki tomon uchun ham daromadning oshishiga olib keladi.

Telegram-bot faqat Smartup mijozlariga taqdim etiladi, chunki sozlamalarni o'rnatish va natijalarni tahlil qilish Smartup dasturida amalga oshiriladi.

Ishlab chiqaruvchi va distribyutorlar uchun mavjud imtiyozlar

Telegram-bot Smartup mijozlariga kompaniyaning ish jarayonlari samaradorligini oshirish uchun keng ko‘lamli vositalar hamda shaxsiy sozlamalarni o‘rnatish imkoniyatini beradi.

🔹 Chakana savdo nuqtalari uchun botga kirishni mustaqil ravishda ta'minlash va cheklash. Botga ulanish uchun havola shaxsiy bo’ladi, ya'ni Smartup foydalanuvchisi Telegram-bot orqali buyurtma berish imkoniyatini qaysi savdo nuqtasiga taqdim etilshini o’zi boshqaradi.

Asosiy sozlamalar bo'limida foydalanuvchi har bir savdo nuqtasi uchun shaxsiy sozlamalarni o'rnatishi mumkin:
• Faoliyat maydoni

• Xodimlar

• Bot orqali buyurtmalar uchun narx turlari

• Organizatsiyalar

• Tovar jo'natiladigan ombor
"Bot orqali buyurtmalar uchun narx turi" vositasi foydalanuvchilarga ma'lum mijozlar guruhlari uchun kataloglarni moslashuvchan tarzda sozlash imkoniyatini beradi: tovarlarga ulgurji buyurtma bergan mijozlar uchun - ulgurji narxlarda katalog, chakana savdo uchun - chakana narxlar.

🔹 Qulay va etibor jalb qiluvchi mahsulotlar katalogini yaratish. Biz marta mahsulot haqida batafsil ma’lumotlar kiritib katalogn yaratganidan so'ng, foydalanuvchi avtomatlashgan tarzda buyurtmalarni qabul qilishi mumkin. Telegram-bot katalogiga kerak bo‘lganida yangi mahsulotlar haqida ma’lumot qo‘shish mumkin.

🔹 Telegraf xabari formatida reklama yaratish. Telegram-bot foydalanuvchilarga sotuvga qo‘yilgan yangi mahsulotlar, aksiyalar va chegirmalar haqida e’tiborni tortuvchi xabarlarni jo‘natish imkonini beradi. Har bir chakana savdo nuqtasi muhim va foydali takliflar haqida bilib oladi!

🔹 Tovarlarga onlayn buyurtmalar qabul qilish. Telegram-bot yordamida Smartup foydalanuvchilari savdo ko’rsatkichlarini oshirishlari mumkin, chunki chakana savdo nuqtalari savdo vakilining rejalashtirilgan tashrifini kutmasdan, mustaqil ravishda buyurtma berishlari mumkin.

🔹 Konsignatsiya sanasi kelganida bildirishnoma yuborish. Tizimda tovarlar savdosini konsignatsiya ko’rinishida amalga oshirish nazarda tutilgan hollarda Telegram-bot savdo nuqtalariga to‘lovlarni amalga oshirish zarurligi haqida bildirishnoma yuboradi. Bu savdo nuqtasi va distribyutorning o’rtasidagi ishonchni mustahkamlaydi va debitorlik qarzlarini kamaytiradi.
Konsignatsiya - bu savdo turi bo'lib, unda distribyutor tovarni savdo nuqtasiga taqdim etadi va tovar sotilgunga qadar egalik huquqini saqlab qoladi.
Xulosa: Telegram-botini ulash Smartup foydalanuvchilariga o‘z biznesining rentabelligini oshirish, buyurtma berish jarayonini avtomatlashtirish, chakana savdo nuqtalari bilan munosabatlarni yaxshilash va savdo vakillari ishini soddalashtirish va kelajakda hattoki xodimlarni qisqartirish imkonini beradi.

Chakana savdo nuqtalari uchun mavjud imtiyozlar

Telegram-bot chakana savdo nuqtalarining manfaatlarni hisobga oladi va muhim vazifalariga yechim taqdim etadi, ya'ni, buyurtmalarni amalga oshirish va moliyaviy operatsiyalar dinamikasini mustaqil ravishda kuzatish imkonini beradi.

🔹 Buyurtma berish mumkin bo'lgan mahsulotlar katalogini ko'rish. Endi chakana savdo do'konlari distribyutorning omborladida savdoga mavjut bo'lgan barcha mahsulotkar to'g'risidagi batafsil ma'lumotlar bilan tanishish imkoniyatiga ega.

🔹 Qulay vaqtda va onlayn tarzda buyurtma berish. Telegram-bot istalgan vaqtda va istalgan joyda buyurtma berish uchun imkoniyatni taqdim etadi. Endilikda chakana savdo shoxobchalari out-of-stock holatlariga duch kelmaydi va savdo vakilining rejalashtirilgan tashrifini kutishga majbur emas, chunki Telegram-bot orqali mustaqil ravishda tovarlar ro’txatidan kerakli mahsulotlarni tanlab, buyurtma berishlari mumkin.

🔹 Balansda pul mablag’lari haqida ma'lumotlarni kuzatish. Moliyaviy masalalar har doim yuqori ahamiyatga ega. Shu bois chakana savdo shoxobchalariga o’z balansini kuzatish va nazorat qilish imkoniyatini yaratdik.

Real keysni ko'rib chiqamiz

"Happy Business" distribyutorining moliyaviy hisobotlarida naqd pul etishmasligi paydo bo'lgan. Sababi tashrifdan so’ng savdo vakili yetkazib berilgan tovar uchun to‘lovni qabul qilib olgan, biroq to‘liq summani savdo nuqtasining hisob raqamiga kiritmagan. Pulni qarzga olib, tovar savdo shoxobchasiga kreditga sotildi deb hisobot topshirgan. Keyingi oyda u mablag'larni qaytarib qarzni yopgan.

Natijada, to‘lanmagan buyurtmalar tufayli distribyutor va savdo nuqtasi o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgan.

Bildirishnomalar vositasi bu muammoni butunlay hal qiladi. Chakana savdo shoxobchasi Telegram-bot orqali balansga kerakli miqdorda mablag‘ qo‘shilganligi haqida bildirishnoma oladi.

Bildirishnomalar foydalanuvchilarga o'z mijozlari - chakana savdo nuqtalari, bilan ishonchli munosabatlar o'rnatishga va mijozlarning sodiqligini oshirishga yordam beradi.

🔹 Dolzarb takliflar haqida bildirishnomalar olish. Telegram-bot chakana savdo shoxobchalariga bozorga yangi mahsulotlarning chiqarilishi, omborda avval mavjud bo‘lmagan tovarlarning kelishi, shuningdek, aksiya va chegirmalar haqida ma’lumot olish imkonini beradi. Aktsiyalar, chegirmalar va foydali takliflar haqidagi bildirishnomalar Telegram-bot orqali keladi, bu esa savdo nuqtalariga o’sha zaxot tovarlar ro’yxatiga o’tib buyurtma berish imkonini beradi.

🔹 Buyurtma statusi o'zgarishi haqida bildirishnomalar olish.

Buyurtmani yaratgandan so'ng, savdogar buyurtma muvaffaqiyatli "Yaratilgan" haqida xabar oladi. Ikkinchi xabarnoma buyurtma yuklangandan so'ng keladi va chakana savdo nuqtasi uchun "Yo’l oldi". Va yakuniy xabarnoma - "Etkazib berildi", buyurtmani chakana savdo nuqtasiga etkazib berish faktini qayd etish uchun keladi.

🔹 Uzoq vaqtdan beri buyurtma va xarid qilinmaganligi haqida bildirishnomalar olish. Odatda, chakana savdo nuqtasi har ikki haftada tovarlarga buyurtma beradi. Agar oxirgi buyurtma ikki haftadan ko'proq vaqt oldin amalga oshirilgan bo'lsa, tizim chakana savdo do'konida out-of-stock vaziyatini oldini olish uchun buyurtma berish zarurligi haqida xabardor qiladi.

Tizim oxirgi buyurtma berilgan kundan boshlab 15 kundan keyin bildirishnomani yuboradi. Biroq, foydalanuvchi kunlar sonini mustaqil ravishda belgilashi mumkin.

Agar siz ish jarayonlarini soddalashtirish, biznesingiz samaradorligini oshirish va foydani oshirish yechimini izlayotgan bo‘lsangiz Smartup dasturiga e’tibor bering. Smartup ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlar uchun biznes jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha keng imkoniyatlarga ega - savdo guruhini boshqarish va savdo marketingidan tortib inventarizatsiyani boshqarish, likvid bo'lmagan pozitsiyalarda huquqbuzarlik yoki muzlatilgan kapitalni yo'q qilishgacha.

Biznesingizni samaradorligi va sof daromatini oshirish uchun biz bilan bog’laning va biz Smartup yordamida qanday qilib biznes jarayonlaringizni soddalashtirish mumkinligini ko‘rsatamiz.
{$te}